So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

03 noy 13:20
Yangiliklar

Boshqalar

Oybek Kasimov Pragada Xalqaro olimpiya qo'mitasi Prezidenti bilan uchrashdi

Teglar :  Oybek KasimovMOQXOQ
Xabar berib o'tganimizdek, CHexiya poytaxti Pragada Milliy olimpiya qo'mitalari Associaciyasining XXII Bosh Assambleyasi bo'lib o'tmoqda.

Unda Associaciyaga azo barcha – 206 ta Milliy olimpiya qo'mitalari vakillari, Xalqaro va qita Olimpiya qo'mitalari rahbarlari, Butunjahon sport federaciyalar va Associaciyalar mutasaddilari ishtirok etishmoqda. 

Mamlakatimiz nomidan Milliy olimpiya qo'mitalari Associacciyasi (MOQA) Bosh Assambleyasida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov qatnashmoqda. CHexiyaga safari davomida Oybek Omilovichning bir qator Xalqaro sport tashkilotlari, federaciya va Associaciyalar rahbarlari bilan uchrashuvi belgilab qo'yilgandi. 

Malumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida 31 oktyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash hamda zamonaviy sport inshootlarini barpo etish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazilgandi. Unda tegishli qo'mita va mutasaddilar oldiga vazifalar belgilab berilgan bo'lib, Xalqaro sport federaciyalari bilan hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish masalalariga ham alohida urg'u berilgandi. 

Aynan shundan kelib chiqib O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi MOQA Bosh Assambleyasi doirasida Xalqaro sport tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o'tkazishi rejalashtirilgandi. Xalqaro olimpiya qo'mitasi Prezidenti Tomas Bax bilan uchrashuv jarayonida jahonning eng nufuzli sport tashkiloti rahbari O'zbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni kuzatib borayotganligi, yurtimizda sportga davlat tomonidan ko'rsatilayotgan yuksak etibor va g'amho'rlikdan mamnun ekanligini izxor qildi. 

Ana shu etibor natijasida 2012 yili Londonda bo'lib o'tgan XXX yozgi Olimpiya o'yinlaridan so'ng o'zbek sportida keskin yuksalish ko'zga tashlangani va buning samarasi o'laroq o'zbekistonlik sportchilar Rio-2016 yozgi Oliipiya o'yinlarida har qachongidan-da muvaffaqiyatli ishtirok etib, butun dunyoni hayratga solishganini eslab o'tdi. O'z navbatida Oybek Kasimov Xalqaro olimpiya qo'mitasi Prezidentini Toshkentga rasman taklif qildi. Tomas Bax esa bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, 2018-yilgi Pyongchan (Janubiy Koreya)dagi qishki Olimpiya o'yinlari yakunlangach, mart oyida poytaxtimizga tashrif buyurishini takidlab o'tdi. 

O. Kasimov Pragada shuningdek, Milliy olimpiya qo'mitalari Associaciyasi (MOQA) rahbari, Osiyo Olimpiya Kengashi Prezidenti shayx Ahmad al Fahad al Saboh bilan ham uchrashdi. Mazkur uchrashuvda tomonlar qitamizda sport taraqqiyoti, Olimpizm g'oyalari, Olimpiya harakatini yanada rivojlantirish masalalarida fikr almashishdi. Al Saboh uchrashuv jarayonida 2017 yilning yakuniga qadar Toshkentga kelishga vada berdi. 

MOQAning Bosh Assambleyasi bugun ham davom etadi. Uning doirasida Oybek Kasimovning XOQ qoshidagi “Olimpiya Birdamligi” dasturi direktori Pere Miro, Xalqaro suzish federaciyasi (FINA) Prezidenti doktor Xulio Sesar Maglione, Birlashgan Kurash dunyosi (UWW) Prezidenti Nenad Lalovich, Xalqaro og'ir atletika federaciyasi (IWF) Prezidenti Tomash Ayayn, Osiyo dzyudo Ittifoqi Prezidenti Obayd al Anzi, Kurash xalqaro Associaciyasi (IKA) Prezidenti Haydar Farmon, Xalqaro engil atletika federaciyalari Associaciyasi (IAAF) Prezidenti Sebastyan Koe, ushbu tashkilot birinchi vice-prezidenti Sergey Bubka va boshqa mutasaddilar bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing