19 sen 10:33
Yangiliklar
Tennis
O'yin paytida tennischini ruhlantirgan taniqli hakam chetlatildi
Taniqli tennis hakami Muhammad Layoni ATP tomonidan ikki haftaga chetlatildi va maoshidan mahrum qilindi.
Gap shundaki, Layoni “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi US Open turniri doirasidagi uchrashuvlarning birida o'zi o'tirgan minoradan pastga tushib, avstraliyalik Nik Kirosni g'alaba sari ruhlantiruvchi xatti-harakatlarni amalga oshirgan.
“Layoni jahon tennisida katta obro'ga ega hakam hisoblanadi. Lekin uning AQSH Ochiq chempionatidagi harakatlarini hech qanaqasiga oqlab bo'lmaydi. Uning bu harakati har qanday insonni shubha-gumonda qoldiradi. Berilgan jazo unga saboq bo'lishi va tegishlicha xulosa chiqarib olishini istaymiz”, - dedi ATP vice-prezidenti Geyl Bredshou New York Times nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar