So’nggi yangiliklar

14:34Возинья Лионель Месси билан бир жамоада бўлиши мумкин — Marca 0 14:11"Ferrari" ва "Honda Civic". UFC жангчиси Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:45Хабиб Аргентина терма жамоаси ҳақида: "Улар менга ёқмайди, лекин..." 0 13:20Умар Кремлёв: "ХОҚда бошқа чора қолмаганди" 0 12:52ЖЧ-2026`да яна бир рекорд қайд этилди 0 12:28Шанхайдаги UFC Fight Night 286 турнирининг иккинчи муҳим жанги эълон қилинди 0 11:57Макгрегор UFC 329 жанги учун янги номдаги шортиларни қабул қилиб олди + ФОТО 0 11:30Нурмагомедовнинг Шанхайдаги жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 10:56"Улар Мессининг чиқиб кетишини хоҳлашмаяпти". Миср мураббийи ФИФАни айблади 0 10:29Фазлиддин Ғоибназаров "сотилгани" ҳақида миш-миш тарқалган Ражаб Бутаев билан жангини эслади 0 09:5316 нафар енгил атлетикачимиз Осиё чемпионатида қатнашади 0 09:18Бугун Осиё чемпионатида 6 боксчимиз рингга кўтарилади, бир жуфтликда ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз! 0 08:47Балогун ЖЧ-2026`даги дисквалификациясининг жанжалли тарзда бекор қилиниши бўйича баёнот берди 0 08:14Дастин Порье икки рақиб учун фаолиятини давом эттиришга тайёр 0 07:39Яхши хабар: Достон Бозоров UFC'га йўлланма берувчи Дана Уайтнинг Даъвогарлар сериясида қатнашиши кутилмоқда 0

18 apr 17:45
Yangiliklar

Futbol

O'zbek futboli rivoji yo'lida katta yig'ilish tashkil qilindi

Bugun, 18 aprel kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida futbol bo'yicha O'zbekiston Superligasi klublari rahbarlari, hakamlar va nazoratchi hakamlar bilan yig'ilish o'tkazildi.

Unda shuningdek, Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilovlar ham ishtirok etishdi.
Yig'ilishda hakamlik sohasi, muxlislar, marketingni rivojlantirish, Superliga uchrashuvlari targ'ibotini kuchaytirish masalalariga to'xtalib o'tildi.

"So'nggi paytlarda Superliga bahslarida yana xatolar, biror bir jamoaga yon bosish, o'yindan tashqari holatlarni aniqlashda xatoliklar aniqlanmoqda. Uchrashuvlar yakuniga etganidan so'ng menga ko'plab murojaatlar kelib tushmoqda. Mana asta-sekin muxlislarimiz stadionga qaytmoqdalar. Bu hakamlarga ham bog'liq. Ularning birgina hushtagi evaziga o'sha muxlislar yana futboldan uzoqlashib ketishlari mumkin. SHuning uchun, o'z ustingizda yanada ko'proq ishlashingiz lozim. Biz har bir o'yinni diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Bizga halol o'yinlar va odilona hakamlik kerak. Yon bosishlar, atayin qilingan xatolarga nisbatan keskin chora ko'ramiz.

Mana, yosh hakamlarimiz etishib chiqmoqda. Birgina xato sabab ularni o'yinlardan chetlatib yuborish fikridan yiroqmiz. Aksincha, tajriba to'plashsin. Pro Liga, ayollar futboli uchrashuvlarida mahoratlarini toblab olishsin.

Agar malakali hakamlar kam bo'lsa, markaziy uchrashuvlar uchun chetdan ham hakam olib kelishga tayyormiz. Bu borada sizlardan taklif kutib qolaman", - dedi MOQ Prezidenti va O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov hakamlarga qarata.


Uchrashuvda stadionga kelayotgan muxlislar uchun yanada yaxshi sharoitlar yaratilishi lozimligi takidlandi. Zero, futbol stadionlari insonlar uchun hordiq chiqaradigan maskanga aylansin. Ular farzandlari bilan stadionlarga kelganida barcha shart-sharoitlar muhayyo bo'lishi kerakligi, bolajonlar uchun klub ramzlari tushirilgan turli futbolkalar, buyumlar, klub atributikalari ishlab chiqarishga alohida etibor qaratilishi lozimligi qayd etildi.

Barcha hakamlar, klublar ahil, jipslashib harakat qilishlari lozimligi sportimiz rahbarlari tomonidan takidlab o'tildi. Yig'ilish davomida viloyat jamoalarining uzoq tumanlardan tashrif buyuradigan muxlislari uchun maxsus avtobuslar tashkil qilib berish masalasi ham ilgari surildi. Bu albatta muxlislarga qulaylik tug'dirishi shubhasiz.

Umid Ahmadjonov shuningdek yig'ilish davomida akademiya, mini-futbol va ayollar futboliga ham etiborni kuchaytirish lozimligiga alohida urg'u berib o'tdi.

"Klublar o'z akademiyasiga etibor qaratsa, nima bo'lishini "Bunyodkor", "Nasaf" kabi jamoalar misolida ko'rishimiz mumkin. Mana, "Bunyodkor"ni bir qancha etakchilar tark etgan bo'lsada, jamoa g'alaba qozonishda davom etmoqda. Yoki "Nasaf"ning asosiy futbolchilari "Paxtakor" safiga o'tib ketishdi. Biroq, shunga qaramay jamoa hamon etakchilar qatorida.


Bazi klublarda mini-futbol va ayollar futboliga etibor past darajada. Bu borada FIFAning o'z talablari mavjud. Bunga amal qilishimiz kerak. Bu masalada ham muxlislarni qiziqtirish bo'yicha ishlar olib borishimiz kerak", - dedi MOQ rahbari.

Muloqot chog'ida yaqin vaqtlar ichida O'zbekistonda ham videotakrorlar tizimini joriy etish haqida so'z bordi. Avvaliga bu markaziy o'yinlar uchun sinov tariqasida yo'lga qo'yilishi malum qilindi.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov futbolimizni rivojlantirish yo'lida chin dildan ishlashimiz lozimligi haqida gapirib o'tdi.

"So'nggi paytlarda O'zbekiston futbol associaciyasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu juda yaxshi. Faqat, klublar ham bu borada tashabbus ko'rsatishlari, fidoiylik qilishlari lozim bo'ladi. Mana, "Navbahor" klubi muxlislar uchun futbolkalar, atributkalar tarqatmoqda. Bo'lar ekanku. Bo'lmaydi deb o'tirish bilan ish bitmaydi. Harakat qilsak muxlislarni yana stadionga qaytarishni, o'yinlarni jonli efirda namoyish etishni, biroz kechroq vaqtga belgilashni uddasidan chiqsa bo'lar ekan. Demak, oldinga intilishda davom etamiz.

SHuni aytib o'tishni istardimki, futbolchilarning jismoniy holatini kuchaytirish borasida qilinayotgan ishlar sustlashdi. Klublar ularning jismoniy holatini aniqlash tizimini ishga tushirishlari kerak. Bu tizimni boshqa sport turlarida ham yo'lga qo'ymoqchimiz. Ana shunda ularning imkoniyatiga qarab, rejalarni amalga oshirsak bo'ladi", - dedi SHoakram Isroilov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing