So’nggi yangiliklar

21:00Туркия ва Аргентина мағлуб этилди. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-тури Ўзбекистон учун қандай ўтди? (барча натижалар) 0 19:40Шаҳобиддин Эгамов Тошкентда чемпионлик камари учун жанг қилади (ПОСТЕР) 0 18:57Осиё ўйинлари. Мусобақанинг илк кунида қайси спортчиларимиз баҳсларда иштирок этишади? 1 18:37Mangu Дубайдаги ММА Лигаси билан ҳамкорликда турнир ўтказади (ВИДЕО) 0 18:01Ўзбекистонлик оғир атлетикачи допинг туфайли 3 йилга четлатилди 0 17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0 16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0

01 dek 12:29
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash

O'zbek Kurashi Olimpiada o'yinlariga kiritiladimi?

SHu kunlarda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – O'zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovlarga qizg'in tayyorgarlik ketmoqda.

Har bir viloyatda nomzodlar o'z tarafdorlari bilan saylovoldi uchrashuvlari o'tkazib, dasturlarini taqdim etishyapti. Xalqimiz bu jarayonda faol ishtirok etayotgani ularning siyosiy bilimi tobora ortgani, mamlakat taqdiriga daxldorlik hissi yuqori ekanini anglatadi.

Sport jurnalisti ekanimdan kelib chiqib, etiborimni tortgan jihat shu bo'ldi – u ham bo'lsa, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Sarvar Otamurodov dasturida sportga oid alohida bandning borligi. To'g'ri, ushbu soha mamlakatimizda juda yaxshi rivojlangan. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun juda katta kuch va etibor qaratgan edi. Aynan ana shu ezgu g'oyalarni jadallik bilan davom ettirishni maqsad qilgan Sarvar Otamurodov o'z dasturida “Farzandlari sog'lom va barkamol yurt qudratli bo'lur”, “Barkamol avlod – millat tayanchi” tamoyillari asosida turli sohalarida bir qator vazifalarni amalga oshirishini niyat qilganini bildirdi. Nomzod dasturida milliy qadriyatlarimiz, matonat, jasorat, vatanparvarlik va insonparvarlik asoslarini o'zida yorqin mujassam etgan o'zbek kurashini Olimpiya o'yinlari qatoriga kiritish maqsadida Xalqaro kurash federaciyasi hamda Xalqaro olimpiya qo'mitasi bilan aloqani har tomonlama mustahkamlash masalasi ustuvor vazifalardan biri etib belgilanganini ko'rish mumkin. SHu bois partiya milliy kurashni yoshlar o'rtasida keng targ'ib etish, kurashchilarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, mazkur sport turi bilan shug'ullanuvchilar safini kengaytirish, kurash bilan shug'ullanish uchun yoshlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator tadbirlar, musobaqalar o'tkazib kelmoqda.

O'zbek kurashi haqida gap ketganda, bundan o'n yillar muqaddam ushbu sport turini ommaviy axborot vositalarida peshma-pesh va keng yoritish ananaga aylanganini eslash kifoya. So'nggi yillarda mana shu etibor biroz susaygandek. Yaqinda Hindistonning Kochi shahrida o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatini matbuot nashr­larimiz faqat xabar tarzida yoritgani etiborimni tortdi. CHempionatni yoritish uchun mamlakatimizdan birorta ham jurnalist bormagani qiziq. Terma jamoamiz yoshlari chempionatning eng yaxshi jamoasi, deb topildi. Avvallari kamida ikki-uch nafar muxbir yoki teleoperator jahon chempionatlarini voqea joyidan kuzatib, turkum reportajlar tayyorlab qaytardi. “Sport” telekanalining suniy yo'ldosh orqali ushbu musobaqadan reportaj tayyorlash imkoniyati ham bor edi. Negadir bunga hafsala qilinmadi.

Uch yil avval olimpiya sport turlarini rivojlantirish talabi bilan uch bosqichli sport tizimi musobaqalari dasturidan kurash va belbog'li kurash ham chiqarib tashlangan edi. O'tgan yildan boshlab bu turlar yana dasturga kiritildi va musobaqalar boshlanganidan quvondik.

Aslida milliy sport turimizni o'zimiz qadrlashimiz kerak. Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritish uchun Yaponiya karate uchun, Janubiy Koreya taekvondoga jonbozlik qilgandek qayg'urishimiz kerak. Hindistonda o'tkazilgan Xalqaro kurash associaciyasining XVI kongressida Toshkentda 2017 yil Islom Karimov xotirasi uchun xalqaro turnir tashkil etish tashabbusi bilan chiqilgani va bu bir ovozdan maqullangani kishini juda ham xursand qildi. Demak, yana ishlar jadallashyapti.

Kurash ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyat hisoblanadi. Uni avaylab-asrashimiz, kelgusi rivoji uchun jon koyitishimiz kerak. Xalqaro kurash akademiyasi ishini jonlantirish, nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo bo'ylab uning ommalashishiga katta sarmoya ajratilishi lozim. To'g'ri, kurash yopiq inshootlarda o'tadigan Osiyo o'yinlari (2017 yil, Turkmaniston, Ashxobod), yozgi Osiyo o'yinlari (2018 yil, Indoneziya), Osiyo sohil o'yinlari dasturiga rasman kiritildi. Bu borada dastlabki qadamlar tashlangani rost bo'lsin.

Bugun kurash sport turi sifatida dunyo miqyosida etirof etilmoqda. Bu xalqimizning katta yutug'i, baxti va iftixori, – dedi O'zbekiston polvonlar milliy markazi raisi Norquli Yusupov poytaxtimizda tashkil etilgan milliy sport turlari va xalq o'yinlarini rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag'ishlangan davra suhbatida. – Kurash xalqaro associaciyasining 130 ga yaqin davlatda federaciyalari ishlab turibdi. Milliy kurashimizning ayollar va o'smirlar o'rtasida ham ommalashayotgani uni Olimpiya o'yinlari safidan o'rin olishiga imkon yaratadi. Bu muvaffaqiyatlar, albatta, har birimizni g'ururlantiradi.

Kurashning Olimpiya o'yinlari dasturiga kirishi hozircha bir orzu, xolos. Ammo tinimsiz harakat orqali bunga erishish mumkin. SHu kunlarga etish, Olimpiya oilasida kurash musobaqalarini ko'rish barchamizga nasib etsin!

Fazliddin SATTOROV

“News Arena” gazetasining 29-sonidan (2016 yil) olindi

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
02 dek 09:18:17
КОНЪСУЛ
Мақолада кўраш спорт турини олимпиада уйинлари дастурига киритишда қандай талабларни бажариш лозимлиги, қаерда ва ким томонидан мақулланиши, қай тартибда тарғиботни олиб боришлик ва нечанчи йилларда олимпиада дастурига киришига эришишимиз мумкин каби аниқ факт ва рақамлар билан ёритиш лозим эди мақолани. Қуруқ фалсафий фикр билан обқочмасдан.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing