13 sen 13:39
Yangiliklar
![](/upload/storage/18992_220.jpg)
O'zbek telekanali Golovkin - Kanelo jangi translyaciyasi huquqini sotib oldi
Eng nufuzli WBA, WBC, IBF va IBO yo'nalishlarida jahon chempioni, biror marta mag'lubiyatga uchramagan qozog'istonlik Gennadiy Golovkin hamda The Ring versiyasi bo'yicha vazn toifasidan qatiy nazar dunyoning eng kuchli bokschisi meksikalik Saul Kanelo Alvares o'zaro ringga chiqishadi.
Jang natijasida ana shu to'rtta chempionlik kamari, shuningdek WBC Super oltin kamari va Floyd Meyvezer boksni tark etgach professional ringning birinchi raqamli bokschisi unvoni egasi malum bo'ladi. Butun jahon boks muxlislarining katta qiziqishiga sabab bo'layotgan ushbu boks kechasining eksklyuziv translyaciya huquhini UZREPORT TV qo'lga qiritdi.
Demak, 17 sentyabr, yakshanba, soat 8:00dan boshlab jonli efirda muxlislar Golovkin – Alvares jangini jonli efirda tomosha qilishlari mumkin.
Fikrlar