So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

08 iyu 18:18
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ijodiy imtihonlar qanday tashkil etiladi?

Teglar :  Universitet
2020/2021-o'quv yili uchun qabul jarayonlari boshlanish arafasida.

Xo'sh, pandemiya davrida qabul jarayonlari va imtihonlar qanday tashkil etiladi? Kirish imtihonlari kasbiy (ijodiy) shaklda o'tkaziladigan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida abiturientlar imtihonlarni qay tartibda topshirishadi?

SHuni malum qilamizki, pandemiya davrida karantin, sanitariya-gigiena talablariga qatiy rioya etilgan holda test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihon o'tkaziladigan talim yo'nalishlari uchun imtihonlar 11 iyuldan 20 iyulga qadar, alohida iqtidor talab etiladigan talim yo'nalishlari uchun 25 iyuldan 10 avgustgacha bo'lgan vaqt oralig'ida o'tkaziladi. Karantin cheklovlari davom etgan taqdirda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o'tkazish muddatlariga o'zgartirish kiritilishi mumkin.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida imtihonlar kasbiy (ijodiy) hamda kasbiy (ijodiy)+test yo'nalishida tashkil etiladi. To'liq ijodiy imtihon asosida talabalikka qabul qilinadigan yo'nalishlarda abiturientlar shu paytga qadar maxsus va umumiy jismoniy tayyorgarlikdan tashqari suzish bo'yicha ham imtihon topshirib kelishar edi. Joriy yilgi qabul mavsumida abiturientlar faqat maxsus va umumiy jismoniy tayyorgarlik bo'yicha imtihon topshiradi, suzish yo'nalishi majburiy imtihonlardan olib tashlanadi.

Ijodiy va test imtihonlari (pedagogik talim yo'nalishi) asosida talabalikka qabul qilinadigan yo'nalishlarda esa ijodiy imtihonlarning faqat bittasi (maxsus jismoniy tayyorgarlik) saqlab qolinadi va qo'shimcha test topshiriladi. Bu holatda ijodiy imtihon uchun abiturientlar maksimal 93 ball, testdan esa 96 ball jamg'arishi mumkin.

Malumot uchun, abiturientlar ijodiy imtihonlarni faqat bir kun va uzog'i bir soat ichida topshirishadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing