02 iyu 10:51
Yangiliklar
Parij-2024
O'zbekiston delegaciyasi Parij-2024 Olimpiya o'yinlarida qaysi brend libosidan foydalanishi rasman malum
Aslida biz bu haqda mart oyidayoq xabar bergan edik.
Ayni daqiqalarda poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida o'tkazilayotgan O'zbekiston sport delegaciyasini Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlariga tantanali kuzatish marosimida bu malumot rasman o'z tasdig'ini topdi.
O'zbekiston delegaciyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarida milliy brendimiz hisoblangan 7Saber liboslarida ishtirok etadi. Tokio-2020 Olimpiya va paralimpiya o'yinlarida ham sport delegaciyamiz 7Saber ekipirovkalaridan foydalangan edi. O'tgan yili Osiyo o'yinlarida ham ushbu brend terma jamoamiz delegaciyasini kiyintirgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar