So’nggi yangiliklar

09:00WTA Ningbo Open. Раҳимова дунёнинг 26-ракеткасига қарши муносиб қаршилик кўрсатди 0 08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0 19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0 18:39Волкановски фаолиятини якунлаш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Афсонавий Федор Емельяненко Ўзбекистонга келади 0 17:41"Охирги жангдаги хатоларимни такрорламайман". Двалишвили Янга қарши учинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:19Кэррик кетяптими? МЮ раҳбарияти фавқулодда йиғилиш чақирмоқда 0 16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0 15:15"Пахтакор" клуби Илгиз Танташев қарорлари устидан расмий эътироз билдириб, даъво аризаси киритди 0 14:44Диёра Келдиёрова: "Энди мутлақо бошқа, янги Диёраман!" 0 14:13Британиялик блогер Жалоловни танқидлардан ҳимоя қилди 0 13:42Guangzhou Nansha International. Султонов икки ғалаба эвазига асосий тўрга йўл олди 0

02 iyu 15:19
Yangiliklar

Parij-2024

O'zbekiston delegaciyasini Parij-2024 Olimpiadasiga tantanali kuzatish marosimi bo'lib o'tdi (+FOTO)

Teglar :  Parij-2024
Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O'zbekiston sport delegaciyasini Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlariga tantanali kuzatish marosimi tashkil etildi.

Marosimda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O'zbekiston Respublikasi Senati raisi Tanzila Narbaeva, Vazirlik, Miliy Olimpiya qo'mitasi, federaciya rahbarlari, sportchilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Boks bo'yicha jahon chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi Abdumalik Halokov hamda qilichbozlik bo'yicha Osiyo o'yinlari g'olibasi, "SHuhrat" medali sohibasi Zaynab Dayibekova Parij-2024 Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasining bayroqdorlari bo'lishi rasman elon qilindi. 

Tadbirda so'zga chiqqan Abdulla Aripov o'z nutqida Olimpiya o'yinlari g'olib va sovrindorlariga davlat tomonidan beriladigan mukofot pullari haqida xabar berdi. Unga ko'ra, Olimpiada chempionlari 200 000, kumush medal sohiblari 100 000, bronza medal sovrindorlari esa 50 000 dollarga ega bo'ladi. 

O'zbekiston sport delegaciyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarida milliy brendimiz hisoblangan 7Saber liboslarida ishtirok etadi. Tokio-2020 Olimpiya va paralimpiya o'yinlarida ham sport delegaciyamiz 7Saber ekipirovkalaridan foydalangan edi. O'tgan yili Osiyo o'yinlarida ham ushbu brend terma jamoamiz delegaciyasini kiyintirgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing