13 may 11:20
Yangiliklar
Tadbirlar, Osiyo o'yinlari

O'zbekiston ilk bor OOK Bosh Assambleyasini qabul qiladi
Bu haqida Osiyo Olimpiya Kengashining (OOK) 45-Bosh Assambleyasida malum qilindi.
OOK Bosh direktori Husayn Al Musallamning Bosh Assambleyani 2026 yil Toshkent shahrida o'tkazish bo'yicha taklifi yig'ilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qo'llab-quvvatlandi. Bu yurtimizda sport va Olimpiya harakatiga bo'lgan yuqori etibor va xalqaro maydondagi nufuzini yana bir bor tasdiqlaydi.
Malumki, Bosh Assambleya — Osiyo Olimpiya Kengashining eng yuqori boshqaruv organi bo'lib, unda qitamizning 45 mamlakat Milliy Olimpiya qo'mitalari vakillari qatnashadi. Unda Osiyo sportiga oid muhim qarorlar, qitadagi sport siyosati va istiqbolli yo'nalishlar muhokama qilinadi.
Eslatib o'tamiz, 2022 yilda Toshkent OOKning Ijroiya qo'mitasi yig'ilishiga muvaffaqiyatli mezbonlik qilgan edi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar