So’nggi yangiliklar

17:30Чисора фаолиятини якунламайди, у декабрь ойида рингга қайтади 0 16:51"Лугано" бош мураббийи Беҳруз Каримовнинг ҳолатига тўхталиб ўтди 0 16:18Сузиш: Тошкентдаги Жаҳон кубоги босқичида Олимпиада ва дунё биринчилиги чемпионлари қатанашади 0 15:502036 йилги Олимпиада учун эҳтимолий мезбонлар рўйхати маълум. Улар орасида Ҳиндистон, Қатар ва Туркия бор! 0 15:18WBA рейтинги янгиланди: Ҳасанбой Дўсматов қани? 0 14:47Жезуш Роналдунинг баёноти ҳақида: "Ҳозир уни ўқиб чиқмоқчиман, айтадиган гапим йўқ" 0 14:19Mағлубиятсиз UFC жангчиси Доғистонга бориб шуғулланиш нияти жиддий эканини айтди 0 13:53Ариэль Хельвани: "Шевченконинг UFC унвонидан воз кечиши ихтиёрий бўлмаган" 0 13:22Пётр Ян Двалишвили билан жангига 18 кун қолганида ажойиб жисмоний ҳолатини намойиш этди + ФОТО 0 12:46Ўзбекистон 270 дақиқадан буён Кореяга гол ура олмаяпти 0 12:1211 боксчимиз жой олган WBC рейтинги янгиланди. Бир вазнда 3 чарм қўлқоп устамиз! 0 11:49Муроджон Йўлдошев Жаҳон чемпионатидаги юришини бошлашга шай! 0 11:13Мелиқўзиев WBА чемпионлик камари жанги учун ўз гонораридан ҳам воз кечмоқчи 0 10:45Криштиану Роналду ўзи билан боғлиқ шов-шувли вазият бўйича барчасини айтиб берди 0 10:19UFC Fight Night 290 турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0

02 dek 20:51
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston tomoni Osiyo Olimpiya kengashidan Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlarini bir yilga kechiktirishni so'ragani malum bo'ldi

Teglar :  OOKToshkent-2025
O'zbekiston Milliya Olimpiya qo'mitasi bugungi voqeliklarga rasmiy bayonot berdi.

"Bugun Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Ijroiya qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Onlayn formatda tashkil etilgan majlis kun tartibidan O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi va Sport vazirligining murojaatini ko'rib chiqish ham o'rin oldi.

OOK mutasaddilari yurtimizga tashrif buyurib, mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlariga yuqori baho bergan. Toshkentda qurilayotgan Olimpiya shaharchasi faqatgina yoshlar Osiyo o'yinlari uchun emas, majmuani kelgusida o'zbek sportining taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadigan ilmiy-metodik klasterga aylantirish ko'zda tutilgan. Unda zamonaviy sport obektlaridan tashqari Sport vazirligi, ko'plab federaciya va associaciyalar, sport akademiyasi, sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi kabi inshootlar ham o'rin olib, bu maskanda terma jamoalarimizni tayyorlashdagi nazariya va amaliyot birlashadi.

Pandemiyadan keyingi cheklovlar sababli Olimpiya shaharchasi qurilishi uchun zarur vositalar etkazish jarayonida uzilishlar kuzatilgani va foydalanishga topshirish muddati kechikishini inobatga olgan holda O'zbekiston tomoni OOKdan musobaqani yana bir yilga surishni so'radi.

Biroq Olimpiya sport turlaridagi bellashuvlar kelgusida Dakar-2026 o'smirlar yozgi Olimpiya o'yinlariga saralash vazifasini bajarishi nazarda tutilgani bois OOK III yoshlar Osiyo o'yinlari 2025 yilda tashkil etilishi muhimligini bildirdi.

SHu tufayli, OOK III yoshlar Osiyo o'yinlari mezbonligini Bahraynga topshirdi va O'zbekistonga Islom birdamligi o'yinlari yoki Jang sanati va yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari kabi kattalar miqyosidagi yirik kompleks tadbirlarni o'tkazishga tayyorgarlik ko'rishni tavsiya qildi.

Takidlash joizki, O'zbekiston ommaviy sport va olimpiya harakatini rivojlantirishga sodiq qolmoqda. SHu manoda, Olimpiya shaharchasini barpo etish, undan unumli foydalanish va uning negizida sportimizni yangi bosqichga ko'tarish bo'yicha Prezidentimiz tomonidan berilgan barcha topshiriqlar ijrosi taminlanadi va kelajakda bu majmua yirik sport tadbirlarini o'tkazishga har tomonlama tayyor bo'ladi", deyiladi bayonotda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing