So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

21 apr 13:40
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston Milliy antidoping agentligi sportchilarimizni ogohlantirdi

Teglar :  Antidoping
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbekiston Milliy antidoping agentligi karantin paytida shug'ullanayotgan sportchilarga muhim bayonot bilan chiqdi.

Tashkilot uy sharoitida mashg'ulotlar olib borayotgan sportchilardan doping qoidalarini buzmaslik va ularga qatiy rioya qilishni tavsiya qildi.

“HURMATLI SPORTCHILAR VA MURABBIYLAR”

Malumki, butun dunyoni qamrab olgan koronavirus pandemiyasi ko'plab sport tadbirlarini, jumladan to'rtyillikning eng yirik sport musobaqalari bo'lmish 2020 yilgi Yozgi olimpiya va paralimpiya o'yinlarining o'tkazilishini keyingi yilga surilishiga sababchi bo'ldi.

Bu sportchilarimiz, ularning murabbiylari hamda tibbiyot mutaxassislariga 2021 yilda o'tkazilishi ko'zda tutilgan O'yinlarga yanada samarali va puxta tayyorgarlik ko'rishiga imkon yaratadi. Hozirda barcha sportchilarimiz uy sharoitida mustaqil ravishda, murabbiylar hamda shifokorlarning onlayn nazorati va ko'magi ostida mashg'ulotlarni bajarishda davom etishmoqda.

Aziz sportchilar Qadrli murabbiylar

Karantin davomida o'z sport qobiliyatingizni saqlash va yanada yuksaltirish maqsadida yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishingizni, sport tartibiga qatiy rioya qilishingizni hamda sportda taqiqlangan dori-darmonlar va moddalarni istemol qilishdan yiroq bo'lishingizni so'raymiz. Agarda sportchilarimiz orasida bu kabi dori-darmonu moddalarni qo'llab, ular qisqa muddat ichida inson tanasidan chiqib ketadi deb o'ylaydiganlar bo'lsa, ular adashishadi.

Yangilik emaski, antidoping laboratoriyalarning zamonaviy usullari yordamida 3-4, hattoki 7-8 yil avval istemol qilingan doping-moddalari aniqlanib kelmoqda. SHuning uchun ogoh bo'ling, o'z mahoratingiz va kuchingizga, halqimiz duosiga va muxlislarning olqishlab sizni qo'llab-quvvatlashiga ishoning. Adolatli sport va mardona kurashning fahrli timsoli va tarafdori bo'ling”, – deb yoziladi tashkilot bayonotida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing