So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

16 okt 07:48
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovning qabulxonasi ochildi

Teglar :  Umid Ahmadjonov
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovning qabulxonasi ochildi.

O'zbekistondagi sport muxlislari bilan yanada yaqin bo'lish, ularni qiynayotgan muammolarni hal qilish, fuqarolar bilan jonli muloqot qilish, Olimpiya sport turlari bo'yicha ularning fikr va mulohazalarini tinglash, takliflariga quloq tutish maqsadida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovning qabulxonasi ochilganligini malum qilamiz.

Har haftaning payshanba kuni soat 14:00 dan 18:00 ga qadar yurtimizdagi sport muxlislari qabulxonaga tashrif buyurib, o'zlarini qiziqtirgan mavzuda MOQ prezidentiga murojaat qilishlari mumkin bo'ladi. Umid Ahmadjonov qabulxonaga tashrif buyurgan har bir fuqaroning murojaatini tinglaydi va o'sha murojaat bo'yicha tegishli chora-tadbirlar ko'rilishini shaxsan nazorat qilib boradi.

Bu orqali o'zbek sportida uchrayotgan muammolar, kamchiliklar bartaraf etilib, sportimizni yanada rivojlantirish, yutuqlarni qo'lga kiritishni taminlash, oldimizga qo'ygan maqsadlarga erishish sari katta qadam tashlanadi.

Manzil: O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi. Toshkent shahri, Olmazor ko'chasi, 6 uy.

Telefon: (+99871) 2444141.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing