01 sen 12:34
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston MTJ bayramdan oldin SHomurodov va Masharipovsiz mashg'ulot o'tkazdi (FOTO+VIDEO)
Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda.
Kecha, 31 avgust kungi mashg'ulotlarda yig'inga chaqirilgan deyarli barcha futbolchilar ishtirok etishdi. Faqat "Roma" hujumchisi Eldor SHomurodov va "Al Nassr" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov mashg'ulotda qatnashishmadi. Oldinroq aytilganidek SHomurodov Italiyadan to'g'ri SHveciyaga uchib boradi. 29 avgust kungi mashg'ulotda qatnashgan Masharipov esa SHengen vizasini hal qilish uchun Moskvaga uchib ketgan va ikki kun davomida mashg'ulotda ko'rinmadi.
Quyida kechagi mashg'ulotdan suratlarni tomosha qiling:
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar