22 avg 14:48
Yangiliklar
O'zbekiston Rio-2016 Olimpiadasida: yakunlar, statistika va tahlil
Ushbu Olimpiada chin manoda hamyurtlarimiz uchun omadli keldi. Keling, to'rt yillikning eng muhim musobaqalaridan birida yurtdoshlarimizning ishtiroklari haqida batafsil to'xtalamiz.
Rio Olimpiadasida 70 nafar sportchi 14 ta sport turida yurtimiz sharafini himoya qildi.
Sport turlari:
Engil atletika
Boks
Baydarka va kanoeda eshkak eshish
Badiiy gimnastika
Sport gimnastikasi
Dzyudo
Akademik eshkak eshish
O'q otish
Suzish
Stol tennisi
Taekvondo
Tennis
Og'ir atletika
Kurash
Olimpiadaning ochilish marosimida bokschimiz Bahodir Jalolov bayroqdor vazifasini bajardi.
Ushbu Olimpiadada mustaqil O'zbekiston tarixida medallar jamg'arish borasida rekord natija qayd etildi. Sportchilarimiz 13 ta medalni qo'lga kiritishdi. SHulardan 4 tasi oltin, 2 ta kumush va 7 tasi bronza ekanligini takidlab o'tishimiz lozim.
Sovrindorlarimizning umumiy ruyxati bilan ushbu jadvalda tanishishingiz mumkin:
Medal turi |
Ism sharifi |
Sport turi |
Medal qo'lga kiritilgan sana |
Oltin |
Hasanboy Do'stmatov |
Boks |
14 avgust |
Oltin |
Ruslan Nuriddinov |
Og'ir atletika |
15 avgust |
Oltin |
SHahobiddin Zoirov |
Boks |
21 avgust |
Oltin |
Fazliddin G'oibnazarov |
Boks |
21 avgust |
Kumush |
SHahram G'iyosov |
Boks |
17 avgust |
Kumush |
Bektemir Meliqo'ziev |
Boks |
20 avgust |
Bronza |
Diyorbek O'rozboev |
Dzyudo |
6 avgust |
Bronza |
Rishod Sobirov |
Dzyudo |
7 avgust |
Bronza |
Rustam To'laganov |
Boks |
13 avgust |
Bronza |
Elmurat Tasmurodov |
Yunon-rum kurashi |
14 avgust |
Bronza |
Murodjon Ahmadaliev |
Boks |
18 avgust |
Bronza |
Ixtiyor Navruzov |
Erkin kurash |
21 avgust |
Bronza |
Magomed Ibragimov |
Erkin kurash |
21 avgust |
Ko'rinib turibdiki, ushbu Olimpiadada eng ko'p medalni bokschilarimiz qo'lga kiritishdi. CHarm qo'lqop ustalarimizning 7 nafari Riodan medal bilan qaytishga muvaffaq bo'lmoqdalar. Ular: Hasanboy Do'stmatov, SHahobiddin Zoirov, Fazliddin G'oibnazarov (oltin), SHahram G'iyosov, Bektemir Meliqo'ziev (kumush), Rustam To'laganov (bronza), Murodjon Ahmadaliev (bronza). Ushbu natija Olimpiadadagi boks musobaqalaridagi eng zo'r natijadir. Sportning ushbu turida medal jamg'arish bo'yicha ular Kuba, Qozog'iston va Rossiyadan tashrif buyurgan raqiblarini ortda qoldira oldilar.
SHuningdek, ikki nafar dzyudochimiz: Diyorbek O'rozboev va Rishod Sobirovlar Olimpiadaning dastlabki ikki kunida bronza medallarini qo'lga kiritib, o'zbek sport muxlislarini xursand qilishdi.
Og'ir atletikachimiz Ruslan Nuriddinov o'ziga bildirilgan ishonchni oqlay oldi va Olimpiada rekordini qayd etgan holda, oltin medal sohibiga aylandi.
Elmurot Tasmurodov yunon-rum kurashi bahslarida bronza medalini qo'lga kiritgan bo'lsa, Olimpiadaning so'nggi kunida ikki erkin kurashchimiz Ixtiyor Navruzov hamda Magomed Ibragimovlar ham bronza medalini qo'lga kiritib, O'zbekiston sport delegaciyasi hisobiga medallar qo'shib qo'yishdi.
Yana bir fakt - Olimpiadadagi medallarning barchasini erkak sportchilarimiz qo'lga kiritishdi.
Malumot uchun, ayol sportchilarimizdan so'nggi marotaba Ekatirina Xilko 2008 yili Pekinda bo'lib o'tgan Olimpiadada batutda sakrash bahslarida bronza medalini qo'lga kirita olgandi.
Sportchilarimiz ichida eng yoshi - taekvondochi Nigora Tursunqulova bo'ldi (17 yosh). Yoshi eng katta sportchimiz esa gimnastikachi Oksana CHusovitina (41) ekanligini barchamiz bilamiz.
Sportchilarimizning yoshlari foizlar bo'yicha:
16-20 - 17%
21-25 - 39%
26-30 - 34%
31-40 - 9%
40dan katta - 1%
Medallar jamg'arish bo'yicha umumiy jadvalga nazar tashlaydigan bo'lsak medallar sifati bo'yicha ham, soni bo'yicha ham 21-o'rinni egallab turibmiz. Bu ko'rsatkich bilan Osiyoda 4-o'rin, MDHda 2-o'rin, Markaziy Osiyoda esa 1-o'rinni egalladik.
Aziz To'xtamurodov
Fikrlar
Men barcha gʻolib va sovrindor sportchilarimizni yana bir bor tabriklab, kattadan katta rahmat aytmoqchiman. Barchangiz oʻz peshona teringiz bilan ega chiqqan medallarning haqqoniy egalarisizlar! Sizlar oʻz ishining haqiqiy masterlari hisoblanasizlar! Biz sizlar bilan faxrlanamiz! Keyingi musobaqalar va kelasi Olimpiadalarda ulkan muvaffaqiyat va omad tilayman! Gʻalabalar davomli boʻlsin!!! Shu oʻrinda ushbu sportchilarimizni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onalari, uztoz-murabbiylari, federatsiya rahbar va federatsiya azolari, umuman ushbu sportchilarimizga aloqador barcha-barchaga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Barchangizga rahmat. Gʻalaba muborak!!!
Medal ololmagan sportchilarimizga ham rahmat. Ular ham harakat qilishdi, ammo bu harakatlar medallar uchun kamlik qildi. Nima ham derdik bu hayot, bu sport. Bazilariga omad, bazilariga tajriba, bazilariga esa tirishqoqlik yetishmadi. Shunday boʻlsa ham ulardan xafa boʻlishga haqqimiz yoʻq. Bazi ogʻzi boʻsh, kaltafaxmlar bu sportchilarimizni sayyoh, tekinxoʻr, muttaham deb ogʻizlariga keganini gapirdilar. Xuddiki biror ishni qoyillatib qoʻyganday. Undaylarni vatanparvar deb boʻlmaydi. Unaqalar vatanimizning medallariga, yutuqlariga va yaxshi kunlariga sherik boʻlishni biladi. Omadsiz kunlarda qochadi. Ularga xudoning oʻzi insof bersin.
Hurmatli sportchilar, keyin Olimpiadaga shunday tayyorlaningki omad sizlarni izlasin, medallar kuksingizni bezasin. Aziz yurtdoshlar kelin ularni ham qoʻllab quvvatlaylik. Ular hozir tushkun ahvolda. Bizning daldamizga muhtoj. Biz ularga ishonamiz. Axir ular bizning yurtdoshlarimiz, bizning boʻlajak chempionlarimiz.
Olgʻa Oʻzbekiston, Oʻlgʻa kelajagi buyuk davlat!!!
Gʻalaba muborak!!!