So’nggi yangiliklar

08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0

31 dek 09:01
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston dzyudo federaciyasining hududiy bo'limlari faoliyati tahlili

O'zbekiston dzyudo federaciyasi hududiy bo'limlarining yakuniga etib borayotgan 2025 yilgi mavsumdagi faoliyati ko'rib chiqildi.

Tahlil natijalariga ko'ra, respublika bo'yicha jami 307 nafar sportchi turli yosh toifasidagi terma jamoalarimizga tayyorlab berilgan. Ular kichik o'smirlar, o'smirlar, yoshlar va kattalar terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkiblaridan o'rin olgan.

Hududlar kesimida eng yuqori ko'rsatkich Xorazm viloyatiga tegishli bo'lib, 62 nafar dzyudochi terma jamoa tarkibiga kiritilgan. Buxoro (39), Qashqadaryo (38) va Toshkent shahri (32) yuqori natijalarni qayd etgan hududlar qatorida etirof etildi. Samarqand, Surxondaryo, Jizzax, Navoiy, Toshkent viloyatida ham bu borada ishlar ijobiy ko'rinishda. Bu yil Sirdaryo viloyatida ham o'sish ko'zga tashlandi.   

Hududlarda xorijdan taklif etilgan murabbiylar faoliyat yurita boshladi. Bu ham albatta, o'z samarasini beradi. Prezident Qarori bilan tashkil etilgan Urganch va Denov dzyudo mahorat maktablari tarbiyalanuvchilari qisqa fursatda xalqaro musobaqalarda g'olib va sovrindor bo'ldi. Joriy yilda O'zbekiston dzyudo federaciyasining yillik taqvimiga "Uzbekistan Judo Tour" va "Judo Kids" musobaqalari qo'shildi. Bu ham hududlarda dzyudo ommaviyiligi va rivojlanishiga xizmat qilmoqda.  

2026 yilda Buxoro va Xorazm viloyatlarining tizimli ravishda olib borayotgan rivojlanish tajribasi qolgan hududlarga ham tadbiq etiladi. Bu orqali nisbatan oqsayotgan viloyatlardagi dzyudo rivoji yo'lidagi islohotlarda ham o'zgarish va buning ortidan o'sishga erishish maqsad qilingan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing