So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

22 jan 13:11
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston sambo associaciyasiga yangi rais saylandi

Teglar :  Sambo
Xabaringiz bor, 2018 yilda sambo ilk marotaba Osiyo o'yinlari dasturidan o'rin oldi.

Unda qitamiz sambochilari to'rtta vazn toifasida medallar uchun kurash olib bordilar. Bahslarda ishtirok etgan o'zbekistonlik sambochilar to'rtta vazn toifasida to'rtta medalga sazovor bo'lishdi. SHuningdek, mazkur sport turi Olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olishga yaqin turibdi. Bu esa sambo ham mamlakatimizda ahamiyatli sport turlaridan biriga aylanib borayotganidan darak berib turibdi.

21 yanvar kuni Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston sambo associaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi tashkil etildi. Unda Osiyo sambo ittifoqi prezidenti Alamjon Mullaev, O'zbekiston sambo associaciyasi mutasaddilari, associaciyaning viloyat bo'limi vakillari va murabbiylar ishtirok etishdi.

Konferenciya davomida associaciya raisi Ravshan Ahmedjanov so'zga chiqib, bungacha amalga oshirilgan ishlar, qo'lga kiritilgan yutuqlar, kamchiliklar haqida gapirdi. Ammo, bu bilan to'xtab qolmaslik, bundanda katta marralarni zabt etish lozimligini takidladi. Buning uchun associaciya moddiy-texnik bazasini yaratish, sportchilarni rag'batlantirishga alohida etibor qaratish kerakligini aytib o'tdi.


SHundan so'ng kun tartibiga ko'ra, associaciya raisi lavozimiga Alisher Alimov nomzodi ilgari surildi. Yig'ilish ishtirokchilari bir ovozdan A.Alimov nomzodini qo'llab-quvvatlashdi.

O'zbekiston sambo associaciyasiga rais etib saylangan Alisher Alimov so'zga chiqar ekan, O'zbekistonda samboni yanada rivojlantirish, mamlakatimizda nufuzli musobaqalarni tashkil etish yo'lida hamjihatlikda ish olib borish lozimligi, rejalari haqida gapirdi. O'z navbatida, bildirilgan ishonch uchun barchaga o'z minnatdorchiligini bildirdi.


Malumot uchun, Alimov Alisher Rixsibaevich 1979 yilning 25 aprelida tavallud topgan. Tadbirkor. Oilali. 4 nafar farzandi bor. Toshkent davlat texnika universitetida bakalavr, Bornmut xalqaro maktabida magistr bosqichida tahsil olgan.

SHuningdek, bungacha associaciya raisi sifatida faoliyat olib borgan Ravshan Axmedjanov o'z ishini bosh kotib lavozimida davom ettiradigan bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

   
13 fev 21:45:52
Xasan Maxkamov
Martabez bundanam yuksalsin xamisha shunday insonlar raxbarlikga saylanvursin shunda ozbekistonimizning dovrugi yanada choqqilarga yuksalaveradi.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing