16 sen 14:30
Yangiliklar
Tennis

O'zbekiston – SHveycariya 1:1. Fayziev raqibiga yutqazib qo'ydi
Xabar berganimizdek, bugun tennis bo'yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogi doirasidagi O'zbekiston – SHveycariya uchrashuvi boshlandi.
Bu ikki terma jamoa Jahon ligasiga chiqish uchun pley-off o'yinida ishtirok etyapti.
Bugungi yakkalik bahslarini Denis Istomin hamda Entoni Belerlar boshlab berishgandi. Istomin dunyo reytingada 113, Beler esa 507-o'rindan joy olgandi. Uch setda 6:3, 6:2, 6:4 hisobida g'alaba qozongan Istomin terma jamoamizni hisobda oldinga olib chiqqandi.
Ikkinchi uchrashuvda hamyurtimiz Sanjar Fayziev SHveycariyaning birinchi raketkasi Xenri Laksonenga qarshi kortga chiqdi. 25 yoshli Laksonen reytingda 138-pog'onani band etib turibdi. Uchrashuvda tajriba o'z so'zini aytdi va uchchala setda Laksonen 6:2 hisobida zafar quchib, umumiy hisobni tenglashtirdi: O'zbekiston - SHveycariya 1:1. Ertaga juftliklar bahsi bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar