So’nggi yangiliklar

19:09Хитойдаги UFC турнирининг бонус соҳиблари аниқ бўлди 0 18:37АПЛ. Абдуқодир Ҳусанов захирада қолдирилган ўйинда "Манчестер Сити" "Тоттенхэм"га ютқазди 0 18:00Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади 0 17:40UFC Шанхай. Марказий жангда нокаут қайд этилди 0 17:15UFC Шанхай. Алжемейн Стерлинг Брайан Ортега билан жанг қилди 0 16:58UFC собиқ чемпиони ноябрь ойида октагонга қайтмоқчи 0 16:37UFC Шанхай. Сергей Павлович иштирокидаги жанг тўлиқ давом этди 0 16:16"Бунга нуқта қўйиш вақти келди". Нганну Уайлдерни жангга чорлади 0 15:55Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум 0 15:33Шанхайдаги UFC турнири доирасида Марказий Осиё дербиси бўлиб ўтди 0 15:10"Бунда интрига бор". Махачев Топурия билан жангга қизиқмоқда 0 14:49Камрон Абдураззоқов Asian Cup 2025 кумуш медали совриндори 0 14:28Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди 0 14:07Чарльз Оливейра Илия Топурия энди кимга қарши жанг қилиши кераклигини айтди 0 13:46Нодирбек Якуббоевда яна ғалаба, у 61th Rubinstein Memorial чемпионлигига яқин! 0

18 sen 10:13
Yangiliklar

Tennis

O'zbekiston – SHveycariya 1:2. Istomin Laksonenga qarshi kortga chiqdi

Hozirgina tennis bo'yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogi doirasidagi O'zbekiston – SHveycariya uchrashuvining uchinchi kungi yakkalik bahslari boshlandi.

Bu ikki terma jamoa Jahon ligasiga chiqish uchun pley-off o'yinida ishtirok etyapti. Kechagi kungi bahslardan so'ng hisob 1:2, SHveycariya foydasiga hal bo'lib turibdi. Kecha juftliklar bahsida Denis Istomin va Farrux Do'stov hamkorligi Adrien Bossel hamda Xenri Laksonen tandemiga 4:6, 2:6, 6:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

Ayni daqiqalarda mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin SHveycariyaning birinchi raketkasi sifatida Toshkentga tashrif buyurgan Xenri Laksonenga qarshi kortga chiqmoqda. Hozirgina Istomin uchrashuvni boshlab berdi va birinchi geymni o'z foydasiga hal qildi. Unga omad tilaymiz.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi saralashda Xitoy tennischilarini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, pley-offda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgandi.

SHveycariyaliklar esa Jahon ligasi birinchi bosqichida Italiyaga qarshi o'yin o'tkazib, 0:5 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi. O'zbekiston – SHveycariya uchrashuvi g'olibi Jahon ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. 


Reyting:    

Fikrlar

   
18 sen 13:28:50
Pakhtakor 1956
2-1 buldi Denisov foydasiga dõstov qacon ciqadi
   
18 sen 12:24:56
alimov_shukur
qanaqasiga 1 set shvetsariya galaba qozondi. xisob 1;1
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing