So’nggi yangiliklar

09:16Бельгия мураббийи Сенегал билан ўйинда жамоа қандай қилиб камбэк қилганини тушунтирди 0 08:48Тошкентда проф бокс оқшоми ўтказилади 0 08:02Султонов Германияда муваффақиятли старт олди, у рақибини "сухой"га ютди 0 19:10Том Аспиналлни UFC'дан ҳайдаш таклиф қилинди 0 18:45Ямал "Реал" ҳақида айтган гапларидан афсусда эмас 0 18:18Жаҳонгир Зокиров: "Zuffa Boxing"даги асосий рақиблар Иван Дичко ва Энди Круз!" 0 17:50Мария Тимофееванинг Уимблдон иккинчи даврасидаги рақиби маълум бўлди 0 17:23Исроил Мадримов Жарон Эннисни жангга чорлади 0 16:52"Пахтакор" польшалик ҳужумчи билан хайрлашди 0 16:17Фазлиддин Ғоибназаров фаолиятини якунладими? Боксчининг ўзи бунга жавоб берди 0 15:49Нурсултон Рўзибоев футболчиларимизнинг Жаҳон чемпионатидаги иштирокига муносабат билдирди 0 15:08Mangu 4 турнирининг санаси ниҳоят эълон қилинди 0 14:25ЖЧ-2026`ни тарк этган яна бир мураббий ишдан кетди 0 13:49Раҳимова Уимблдон жуфтлик мусобақасида ҳам иштирок этади. Рақиб маълум! 0 13:14Янгиланган The Ring рейтингида Исроил Мадримов нечанчи ўринда қайд этилди? 0

08 okt 18:05
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston Superligasi 11 noyabr kuni yakunlanadi

Teglar :  SuperligaTaqvim
O'zbekiston Professional futbol ligasi shu yilning 3 oktyabr kuni O'zbekiston futbol associaciyasidan 03/2811-sonli xat qabul qilib oldi.

Unda mamlakat milliy terma jamoasi 10-21 noyabr kunlari yig'in o'tkazishi va uning doirasida o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishi ko'rsatib o'tilgan.

Bu Coca-Cola Superliga futbol klublariga may oyida taqdim etilgan taqvim rejaning o'zgarishiga olib keladi. Unga ko'ra, 26-tur uchrashuvi 19 noyabr kuni bo'lib o'tishi hamda Qatar mundialiga qadar chempionat yakunlanishi kerak edi. Ligada o'z maqsadi sari harakat qilayotgan klublarning ish rejasiga salbiy tasir o'tkazmaslik, qolaversa, hal qiluvchi so'nggi tur oldidan tanaffus yuzaga kelmasligi O'zPFL uchun muhim hisoblanadi. SHundan kelib chiqib, eng optimal holatda chempionatni FIFA kunlariga qadar yakunlash varianti ustida ishlandi. Natijada so'nggi uch tur oralig'i qisqartirildi. Ishonamizki, taqvimdagi zichlik futbol muxlislariga yanada qiziqarliroq futbol uchrashuvlarini taqdim eta oladi.

Endilikda 30 oktyabr sanasiga rejalashtirilgan O'zbekiston Coca-cola kubogining final o'yinidan keyingi taqvimda o'zgarish bo'ladi. Bunda 24-tur 2-3 noyabr sanalarida o'tadi. O'z navbatida 25-turdagi barcha uchrashuvlar 7 noyabrga va 26-turdagi barcha o'yinlar 11 noyabrga belgilanadi. 24-turning yanada aniqroq sanalari esa kubokning ½ final uchrashuvlari yakunidan keyin elon qilinadi. Bunda kubok finaliga yo'l olgan klublar ishtirokidagi o'yinlar 3 noyabr sanasida, finalga chiqa olmagan jamoalar o'yini esa 2 noyabrda bo'lib o'tadi.

24-turda Toshkentning to'rt klubi ham uy uchrashuvida ishtirok etishi O'zPFL uchun nisbatan murakkab hisoblanadi. “Bunyodkor” klubi “Jar” arenasidan foydalanayotganidan kelib chiqib, uning 24-turdagi o'yini “Olimpik” ishtirokidagi o'yin bilan parallel kelishi imkonsiz. Agar “Bunyodkor” 24-turda Olmaliqdagi stadiondan foydalansa, bunda Toshkentdagi o'yinlar sonini inobatga olgan holda reja o'zgarishi mumkin. O'zPFL bir shahardagi o'yinlar soni nisbatan kamroq bo'lishi uchun harakat qiladi.

SHuningdek, AGMK klubi o'z maydonida harakat qilishidan kelib chiqib, Olmaliqdagi stadiondan foydalanib kelayotgan “Surxon” futbol klubi 25-turni o'tkazish uchun O'zPFL ro'yxatidan o'tgan boshqa stadionni Reglament talabi asosida mezbonlik uchun taqdim etishi kerak bo'ladi. O'z navbatida “Olimpik” klubi o'z maydonida harakat qilishidan kelib chiqib, “Jar” stadionidan foydalanib kelayotgan “Bunyodkor” 26-turni o'tkazish uchun O'zPFL ro'yxatidan o'tgan boshqa stadionni Reglamentda ko'rsatilgan muddatdan kechikmay mezbonlik uchun taqdim etishi talab etiladi.

Ishchi reja bo'yicha noyabr oyidagi taqvim quyidgi ketma-ketlikda bo'ladi. Faqatgina shu holatda Srechko Katanec boshchilik qilayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasining yig'ini chempionat ishtirokchilarining rejasiga minimal tasir ko'rsatadi. Yani, mavsum yakunidan keyin Katanec o'zi istagan futbolchilar bilan bemalol mashg'ulot o'tkazish imkoniyatiga ega chiqadi.

24-tur
2 noyabr, chorshanba

OLIMPIK — METALLURG
QIZILQUM — QO'QON-1912
2/3 noyabr, chorshanba/payshanba
PAXTAKOR — SO'G'DIYONA
LOKOMOTIV — NAVBAHOR
NASAF — DINAMO
NEFTCHI — AGMK
3 noyabr, payshanba
BUNYODKOR — SURXON

25-tur
7 noyabr, dushanba

PAXTAKOR — QIZILQUM
AGMK — OLIMPIK
QO'QON-1912 — BUNYODKOR
SO'G'DIYONA — LOKOMOTIV
SURXON — DINAMO
METALLURG — NAVBAHOR
NASAF — NEFTCHI

26-tur
11 noyabr, juma

DINAMO — QO'QON-1912
BUNYODKOR — PAXTAKOR
NEFTCHI — SURXON
LOKOMOTIV — METALLURG
OLIMPIK — NASAF
NAVBAHOR — AGMK
QIZILQUM — SO'G'DIYONA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing