So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

25 dek 08:24
Yangiliklar

Suv sporti turlari

O'zbekiston suzish federaciyasiga yangi rais saylandi

Yangi Olimpiya ciklida o'z oldiga ulkan maqsadlar qo'ygan O'zbekiston suzish federaciyasining ham navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Kun tartibidan federaciyaga yangi rahbar saylash masalasi o'rin oldi.

Suzish Olimpiya o'yinlarida salmoqli yo'llanma va medallar o'ynaladigan sport turlaridan hisoblanadi. SHu bois, federaciya moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, mazkur yo'nalishlarda o'zbekistonlik atletlarga yanada qulay imkoniyatlar yaratish ustuvor vazifa hisoblanadi.

Qayd etish joiz, O'zbekiston kasaba uyushmalari federaciyasi tomonidan so'nggi yillarda hududlarda suv sporti turlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Namangan viloyati va Toshkent shahrida jahon standartlariga mos keladigan 50x25 metr o'lchamdagi havzalar foydalanishga topshirildi. Qashqadaryoda ayni paytda navbatdagi obekt – zamonaviy suv sport turlari saroyi qad rostlayotgan bo'lsa, Toshkent viloyatida yana bir suzish havzasi qurilishi loyihalashtirilyapti.

Federaciyaning avvalgi rahbari Q.Sanoqulov mamlakat gandbol federaciyasi boshqaruviga o'tgani va yuqoridagi jihatlarni inobatga olgan holda, suzish federaciyasi rahbari lavozimiga O'zbekiston kasaba uyushmalari federaciyasi raisi Rafikov Qudratilla Mirsagatovich nomzodi ilgari surildi. Tadbirda qatnashgan delegatlar ushbu nomzodni bir ovozdan maqullashdi va Q.Rafikov mamlakat suzish federaciyasi raisi etib saylandi.

Tadbir davomida federaciyaning Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik rejasi batafsil ko'rib chiqildi. Bunda terma jamoalarga xorijlik malakali murabbiylarni jalb etish, selekciya yo'nalishiga ko'proq ahamiyat berish kabi mavzular muhokama markazida bo'ldi. SHuningdek, suzish, suv polosi, suvga sakrash va sinxron suzish dasturlarida atletlarimizning Olimpiada yo'llanmalari uchun imkoniyatlari ko'rib chiqildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing