19 dek 17:16
Yangiliklar
Tennis

O'zbekiston tennis terma jamoasi BAAda yig'in o'tkazmoqda
Tennis bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari BAAning Dubay shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqdalar.
Terma jamoa safida Farrux Do'stov, Sanjar Fayziev, Temur Ismoilov va Sergey Fomin mashg'ulot olib boryapti. Ular Petr Lebed qo'l ostida shug'ullanmoqdalar.
Ayni paytda Doxadagi turnirda ishtirok etayotgan Jo'rabek Karimov esa musobaqadagi ishtirokini yakunlaganidan so'ng terma jamoa yig'iniga qo'shiladi.
6 dekabr kuni boshlangan yig'in 27 dekabrgacha davom etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar