22 noy 07:54
Yangiliklar
O'zbekiston Tokio Olimpiadasida medal qo'lga kiritishga bel bog'lagan
Kecha engil atletika federaciyasi vakillari bilan birga sportchilarni Tokio Olimpiadasiga tayyorlash masalasi muhokama etildi. Uchrashuvda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov boshchiligidagi ishchi guruh hamda O'zbekiston engil atletika federaciyasi mutasaddilari, murabbiylari ishtirok etishdi.
Yig'ilish davomida O'zbekiston engil atletika federaciyasi raisi Andrey Abduvaliev Tokio Olimpiadasiga atab ishlab chiqilgan strategiya bilan tanishtirdi. Oldinda turgan rejalar bilan o'rtoqlashdi, federaciyaning bu boradagi maqsadini aniq qilib tushuntirib berdi.
O'z navbatida Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan engil atletikachilarimizga Olimpiya o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rish, Tokioda shohsupadan o'rin egallash vazifasi qo'yildi. Bu borada tegishli tavsiyalar berildi.
Fikrlar