12 fev 17:37
Yangiliklar
Qishki sport turlari, Xarbin-2025
![](/upload/storage/322570_220.jpg)
O'zbekiston Xarbindagi qishki Osiyo o'yinlarida oltin medal qo'lga kiritdi
Xitoyning Xarbin shahrida Qishki Osiyo o'yinlari davom etmoqda.
O'zbekiston sport delegaciyasi mazkur o'yinlardagi ilk medalini qo'lga kiritdi. Ilk medalimiz oltin bo'ldi.
Figurali uchish bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Dmitriy CHigirev va Ekaterina Geynish barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda, birinchi o'rinni egallashdi.
Terma jamoamiz azolari kecha qisqa dasturlarda 64,55, bugun erkin mashqlarda esa 111,88, umumiy hisobda 176,43 ochko to'plab, oltin medalga sazovor bo'ldi.
Bu borada kumush va bronza medallari mos ravishda Yaponiya va KXDR vakillariga nasib etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar