So’nggi yangiliklar

20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0

25 apr 14:42
Yangiliklar

Futbol

O'zbekistonda futbol skautlari bormi?

Teglar :  FutbolSkaut
Avvalo skaut so'zining manosiga diqqatimizni qaratsak.

Bu so'zning ilk bor ishlatilishi nechanchi asrga borib taqalishi va kelib chiqish tarixi u qadar muhim emas menimcha. Asosiysi u anglatadigan mano, ingliz tilida "scout" - "qidirmoq" degan manoni bildiradi, shuningdek "razvedkachi" degan manosi ham bor. Futbol skauti deganda turkum jihatidan aynan ikkinchisi mos keladi. Ularning asosiy vazifasi nima ekanini barchamiz yaxshi bilamiz - Istedodlarni izlab topish. Evropada futbol skautlari nimalar qilishini ham yaxshi bilamiz. Va qanchadan qancha bolalarni cho'ponlikdan shohlikka qadar ko'tarishganini mendan yaxshiroq bilishingizga ham shubham yo'q. 

Endi esa asosli savol tug'iladi. Xo'sh bizdachi? Buni bilishning eng oddiy usulini qo'lladim. Yuksak texnologiyalar asridamiz axir. Google degan jonivor bor, har narsani biladi. O'zbek futbol skautlari va shunga o'xshash so'zlarni yozib ko'rdim. Afsuski, kutganimdek: "Real", "Barselona", "Manchester Yunayted", "Yuventus"... Hullas shunga o'xshash grand jamoalar nomiga duch kelaverdim. Ha topdingiz. Hamma ayb Google'da. U bizning skautlar haqida malumotlarni o'z bazasiga joylamagan.(Nega joylashi kerak o'zi?) SHaxsan men shu yoshimgacha qishlog'imizda yoki tumanimizda skautlar kelishi munosabati bilan futbol tashkillashtirilganini bilmayman. Qanchadan-qancha tug'ma istedod egalari uchun futbol shunchaki hobbiga aylanib qolgan. Endi haqli savol tug'iladi - shunday istedodli ekan, nega futbol maktablariga bormaydi? (Ha, o'sha KATTA shaharlardagi futbol maktablariga). 

Keling bunga qisman bo'lsa ham javob topishga harakat qilamiz. Xatto oyoqlarida butsalari bo'lmagan bola qanday qilib boradi? Kiborlar jamiyatiga tushib qolgan faqir his etmaydimi o'zini, yoki tabiatda kamdan-kam uchraydigan oq sher kabi his etmasligiga kim kafolat beradi? Hamma gap shu butsalarda yoki libosda bo'lsa ham mayli ediya. Yana qanday xarajatlar kutib turganini futbol akademiyalariga borib ko'rganlar biladi. Qachongacha “Pul bo'lsa changalda sho'rva” degan maqolni aytishga o'rin qoldiramiz? Balki bu jumlalarni ona tilimiz tarkibidan batamom chiqarib tashlash payti kelgandir. Bu maqolamdan keyin futbol skautlari biz shu erdamiz nimalar deyapti bu yigit deyishi tabiiy hol. Janoblar sizlar haqingizda nega eshitmaganmiz? Nega «ikkichi» Google'da siz haqingizda va siz kashf etgan yulduzlar haqida malumot deyarli yo'q. Maqola shunday kasb egalari bor yoki yo'qligi haqida emas. Maqola ishingizga bo'lgan yondashuv haqida. Ha aytgancha, yana bir narsa etiborimni tortdi. Skautlar deb qidirganimda faqat grand jamoalar nomi kelib chiqqanligi, ularni nima uchun buyuk jamoa ekanini eslatgandek bo'ldi go'yo. Zero uyni poydevoridan qurmas ekanmiz, jahon chempionatlarida o'zga diyor vakillariga muhlislik qilaveramiz. 

SHu o'rinda turk jadidchiligi asoschisi, vatanparvar bobomiz Ismoil Gaspirali maqolasi yodimga tushdi. Sultonlar suhbati maqolasida: Amir Temurdan tortib chor Rossiyasi bosqiniga qadar bo'lgan davrdagi Turkiston o'lkasidagi boshboshdoqlik, rivojlanishdan ortda qolish sabablari haqida alam bilan so'z yuritiladi. Va maqola so'nggiga yakun yasagan so'zlar tarkibida shunday jumlalar bor edi. Samarqand osmonini minglab yulduzlar qoplabdi…(menimcha yulduzlar umid ramzi sifatida qo'llanilgan) Hozir ham osmonda yulduzlar porlab turibdi. Umid qilamizki, bu yulduzlarni yorqinroq porlashiga va erda, aynan o'lkamiz hududida jilolanishiga aynan skautlarimiz hissa qo'shishadi.


Muallif: Abdurashid Odilov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing