20 noy 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Carukyan Xukerga qarshi jangida Xamzat CHimaev sekundanti bo'lishini tasdiqladi
Engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun birinchi raqamli davogar Arman Carukyan navbatdagi jangiga oid yangilikni malum qildi.
Carukyan 22 noyabr kuni Qatardagi UFC turniri doirasida yangi zelandiyalik Den Xuker bilan bahs olib boradi. Armanning malum qilishicha, unga bu jangda o'rta vazn toifasida UFC chempioni Xamzat CHimaev sekundant sifatida yordam beradi.
"Hamzat burchakda bo'ladi. U ertaga keladi. Xamzatning burchakdagi vazifasi nima? Uning vazifasi meni rag'batlantirish va kerakli vaqtda kerakli gaplarni aytib turish. Siz hech qachon otangizni sekundant sifatida chaqirish haqida o'ylaganmisiz? Yo'q, yuragim to'xtab qolardi", - deya kuladi Carukyan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar