08 okt 16:38
Yangiliklar
Futbol

Bugun Osiyoda JCH-2026 saralashining to'rtinchi bosqichiga start beriladi
Osiyoda JCH-2026 saralashi davom etmoqda.
Bugun saralashning to'rtinchi bosqichiga start beriladi. Uchinchi bosqichda uchta guruhda 3 va 4-o'rinlarni band qilgan 6ta jamoa (Qatar, BAA, O'mon, Saudiya Arabistoni, Indoneziya va Iroq) keyingi ikkita yo'llanma uchun kurash olib borishadi. Bu bosqichda jamoalar 3tadan ikki guruhga bo'linishadi. Oktyabrdagi FIFA kunlarida yakunlanadigan bosqichda terma jamoalar o'zaro o'yinlar o'tkazishadi va guruh g'olibi mundial yo'llanmasini qo'lga kiritadi.
"A" guruhi
Qatar, BAA, O'mon
"B" guruhi
Saudiya Arabistoni, Indoneziya, Iroq
Bugun 20:00da O'mon - Qatar uchrashuvi o'tkazilsa, 22:00da Indoneziya - Saudiya Arabistoni bahsi bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar