So’nggi yangiliklar

13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0 08:23Grand Chess Tour: Синдаров 6-турда пешқадамлардан бири Каруана билан ўйнади 0 07:57Махачев Гэрри билан тўқнашув ҳақида: "Бир неча сонияга "юлдузчалар" кўринди" 0 07:32"Башакшехир" мавсумни ғалаба билан бошлади, Шомуродовда гол, Файзуллаевда ассист + ВИДЕО 0 21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0

13 iyu 19:47
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekistonda Olimpiya kuniga bag'ishlab qanday tadbirlar o'tkaziladi?

Teglar :  Olimpiya kuni
Xalqaro Olimpiya qo'mitasiga (XOQ) 1894 yil 23 iyun sanasida baron Per de Kuberten tomonidan asos solingan.

Olimpiya kunini nishonlash haqidagi qaror – 1948 yilning yanvar oyida Sankt-Moric shahri (SHveycariya)da o'tkazilgan XOQning 42-sessiyasida qabul qilingan. 

«Olimpiya kuni» ilk bor 1948 yil 23 iyunda Avstraliya, Belgiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Greciya, Portugaliya, SHveycariya, Urugvay va Venesuela Milliy olimpiya qo'mitalari tomonidan nishonlangan. Mazkur sport bayrami qariyb 60 yil davomida «Olimpiya yugurish kuni» sifatida o'tkazib kelingan. 2009 yilga kelib XOQning o'sha paytdagi prezidenti Jak Roggening taklifi hamda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi qaroriga ko'ra «Olimpiya yugurish kuni» – «Olimpiya kuni» deb o'zgartirildi.

Bugungi kunda «Olimpiya kuni» dunyoda ommaviy tarzda nishonlanadigan sport bayramlaridan biriga aylangan. Har yili Xalqaro Olimpiya qo'mitasiga azo 205ta davlatda o'tkaziladigan sport va salomatlik bayramida millionlab insonlar bevosita ishtirok etishadi. Ushbu tadbirni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad – aholi orasida sog'lom turmush tarzi hamda Olimpizm g'oyalarini keng targ'ib etish, kattayu kichik qalbida jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan mehrni yanada yuksaltirishdan iborat.

Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi keng tarqalishi sabab 2020 yil insoniyat tarixida misli ko'rilmagan o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Tarixda ilk bor barcha tadbirlar, anjumanlar, bayramlar onlayn tarzda o'tkazilyapti. Pandemiya hozirgi kunda sport olami vakillariga yangidan yangi jumboqlarni taqdim qilmoqda. Ulardan biri 23 iyun kuni nishonlanadigan «Olimpiya kuni» bayramidir.

Pandemiya sababli 2020 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari bir yilga qoldirildi. Biroq «Olimpiya kuni» ortga surilmaydi. SHu bois hozirda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi va barcha Milliy olimpiya qo'mitalari yaqinlashib kelayotgan mazkur bayramni ko'tarinki ruhda o'tkazish ustida ish olib bormoqda. Jumladan, O'zbekistonda ham mazkur sanani o'zgacha shukuhda qarshi olishga harakat qilinmoqda. Bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamkorligida Ishchi guruh tuzilib, har bir yo'nalish vakillariga qilinadigan ishlar bo'yicha vazifalar yuklatildi.

27 yildirki yurtimizda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tashabbusi qo'llab-quvvatlangan holda, mamlakatimizda «Olimpiya kuni» keng nishonlanib kelinmoqda. Bu kun tadbir ishtirokchilari o'zlarini haqiqiy olimpiyachi sifatida his etish imkoniyatiga ega bo'ladi. O'zbekistonda bu yilgi «Olimpiya kuni»da:

- 15-16 iyun kunlari virtual yugurish musobaqasini o'tkazish;
- 17-20 iyun kunlari ijtimoiy tarmoqlarda «Olimpiada – bu...» ruknida mashhur sportchi va sport ishqibozlarining intervyularini tashkil etish;
- 20 iyun kuni onlayn badantarbiya va master-klass tadbirini marafon tarzida ZOOM platformasi orqali o'tkazish belgilangan.

Hozirda ushbu bayramga munosib tayyorgarlik ko'rish bo'yicha ish olib borilmoqda. SHuni aytish mumkinki, bu yil muxlislar har qachongidan o'zgacha «Olimpiya kuni»ga guvoh bo'lishadi. Onlayn tarzda o'tkaziladigan bayram uchun turli onlayn musobaqalar va sportimiz yulduzlari ishtirokidagi ajoyib chiqishlar rejalashtirilgan.

Bu yil «Olimpiya kuni» #StayStrong, #StayHealthy va #StayActive shiorlari ostida o'tkaziladi. Bu chaqiriqlar nafaqat o'zbek, balki butun dunyo sportchilari va aholisini uyda qolib, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga chorlaydi.

Aziz yurtdoshlar, siz ham o'zingiz va yaqinlaringiz salomatligi uchun biz bilan uyda qolib sport bilan shug'ullaning!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing