18 fev 14:54
Yangiliklar
Boshqalar
O'zbekistonda sport vazirligi yana alohida bo'ldi, unga yangi vazir tayinlandi
Ikki nafar Hukumat azosining nomzodi ko'rib chiqildi va maqullandi.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi azolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko'rib chiqiladi.
2022 yil 18 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Unda deputatlar O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri lavozimiga Aziz Abduhakimov nomzodini ko'rib chiqdilar va maqulladilar.
SHundan so'ng deputatlar Sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga Adxam Ikramov nomzodini ko'rib chiqdilar va maqulladilar.
Havola :
Manba : Олий мажлис
Fikrlar