10 dek 13:31
Yangiliklar
Qilichbozlik, Parij-2024
O'zbekistonlik ayol hakam Parij-2024 Olimpiadasida ishlaydi
Xalqaro qilichbozlik federaciyasi (FIE) Parij-2024 Olimpiadasida ishlovchi hakamlar ro'yxatini elon qildi.
Etiborlisi, ro'yxatdan xalqaro toifadagi o'zbekistonlik hakam Dilorom Turdiqulova ham o'rin oldi. Hamyurtimiz to'rt yillikning eng nufuzli turnirida shpaga yo'nalishidagi bellashuvlarni boshqarib boradi.
Malumot o'rnida, 2018 yildan buyon xalqaro musobaqalarda faoliyat olib borayotgan Dilorom Turdiqulova shu paytgacha ko'plab nufuzli turnirlar, jumladan, Osiyo o'yinlari, qita musobaqalarida ishlagan. U joriy yil Milanda (Italiya) o'tkazilgan Jahon chempionatida ham shpaga yo'nalishidagi final bellashuvlarida ishlagan edi.
Havola :
Fikrlar