30 iyu 11:55
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbekistonlik MMA jangchisi chempionlik kamari uchun jang qiladi
Og'ir vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Azamat Nuftillaevning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
Azamat Nuftillaev 28 sentyabr kuni Sloveniyaning Lyublyana shahrida bo'lib o'tadigan BraveFC 88 turniri doirasida oktagonga qaytadi. Unga o'sha kuni litvalik Pavel Dailidko raqiblik qiladi.
Ahamiyatlisi, jang og'ir vaznda BraveFC Ligasi chempionlik kamari uchun kechadi.
Malumot uchun, hamyurtimiz faoliyati davomida 17 ta jang o'tkazib, 15 g'alaba, 1 ta durang va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. Nuftillaev oxirgi jangini 2023 yil oktyabr oyida Open FC 35 turniri doirasida Edivan Santosga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar