24 jan 14:58
Yangiliklar
Muaytay
O'zbekistonlik muay-tay ustasining ONE FC Ligasida debyuti muddatidan avval yakunlandi + VIDEO
Tailand poytaxti Bangkok shahridagi Lumpinee Stadium majmuasida muay-tay, MMA va kik-boks qoidalari bo'yicha ONE Lumpinee 139 turniri bo'lib o'tdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqada doirasida o'zbekistonlik Daler Asrorov ham ringga ko'tarildi. Musobaqa doirasida unga ispaniyalik Pol Paskal raqiblik qildi.
Jang o'ta engil vazn toifasida, muay-tay qoidalari asosida tashkil etildi va ikkinchi raundda Paskalning texnik nokautli g'alabasi bilan yakunlandi. Daler shu tariqa ONE FC'dagi debyutini omadsiz o'tkazdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar