So’nggi yangiliklar

12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0

16 dek 09:57
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekistonlik sportchi 4 yilga diskvalifikaciya qilindi

Teglar :  Faxriddin Xasanov
O'zbekistonlik sportchi 4 yilga diskvalifikaciya qilindi

Joriy yilning sentyabr oyida Rossiya Federaciyasining Qozon shahrida o'tkazilgan I MDH o'yinlarida ishtirok etgan Muay-tay sport turi bo'yicha terma jamoa azosi Faxriddin Xasanovdan olingan doping-sinamasida taqiqlangan modda aniqlanganligi haqida xabar bergan edik.

I MDH o'yinlarida 57 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi Faxriddin Xasanov oltin medalga sazovor bo'lgan edi. Joriy yilning 8 sentyabr kuni musobaqa jarayonida topshirgan doping-sinamasidan “meldoniy” taqiqlangan moddasi aniqlangan. “Meldonium” taqiqlangan moddalar ro'yxatining S4. Gormonlar va metabolizm modulyatorlari sinfiga mansub hisoblanadi.

Butunjahon antidoping agentligining (WADA) Xalqaro testlash va tergov-surishtiruv bo'yicha standarti talablariga asosan, F.Xasanov joriy yilning 8 oktyabridan boshlab mazkur holat Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) tomonidan to'liq o'rganilishi va tegishli qaror chiqazilgunga qadar sport faoliyatidan vaqtincha chetlashtirilgan edi.

RUSADA Axloq komissiyasining 8 dekabrdagi qaroriga ko'ra, Faxriddin Xasanov antidoping qoidabuzarlikda aybdor deb topilib, unga 4 yillik diskvalifikaciya jazo chorasi tayinlandi. Diskvalifikaciya muddati 2021 yil 8 oktyabrdan boshlab 2025 yil 7 oktyabrga qadar davom etadi.

Diskvalifikaciya davomida sportchi terma jamoa bilan birgalikda o'quv-mashg'ulot yig'inlarida hamda musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum bo'ldi. Sportchining oltin medali belgilangan tartibda musodara etiladi, to'plagan reyting ballari bekor qilinadi va egallagan 1-o'rini keyingi, 2-o'rindagi sportchiga taqdim etiladi.

Eslatma! Antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir!.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing