06 iyu 16:49
Yangiliklar
Zabit Magomedsharipov ukasining mag'lubiyati uchun Rosasdan qasos olmoqchi
Zabitning o'rnini egallagan uning ukas Xasan Magomedsharipov esa meksikalik eng yosh UFC jangchisiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ortdan bo'g'ish usuli bilan raqibiga yutqazib qo'ygan Xasan uchun endi akasi o'ch olishga tayyor.
Liga rejasiga ko'ra, Rosas Junior va Zabit Magomedsharipov o'rtasidagi bahs 23 avgust kuni Istanbuldagi ACBJJ 22 turnirda tashkil etiladi.
"Avvalo, bu erda jang o'tkaza olmaganim uchun uzr so'rayman. Afsuski, bellashuvga bir necha soatgina qolganida jarohat oldim. Umid qilamanki, 23 avgust kuniga Raul tayyor bo'ladi. SHunday ekan, shaklingni yo'qotma - biz seni kutyapmiz!", - dedi Zabit Magomedsharipov Rosas bilan ko'z urishtirish jarayonida.
"Hammasi uchun katta rahmat. Meni ajoyib qabul qilishdi, mamlakatingiz betakror va men Moskvani yaxshi ko'rib qoldim", - dedi Rosas.

Fikrlar