06 iyu 09:21
Yangiliklar
ACBJJ 21: Rosas Magomedsharipovni, "Gladiator" esa Petrosyanni to'xtatdi, Zubayrada mag'lubiyat!
Jiu-jitsu qoidalari bo'yicha o'tkazilgan oqshomning asosiy bellashuvi UFC`ning eng yosh jangchisi, meksikalik Raul Rosas Junior rossiyalik Xasan Magomedsharipovga qarshi gilamga chiqdi. Engil vazn (70 kg) toifasida tashkil etilgan bahsning oltinchi daqiqasida Raul Rosas raqibini ortdan bo'g'ib qo'ydi va All-stars kamarini qo'lga kiritdi. Xasan Magomedsharipov jarohat olgan akasi Zabit Magomedsharipovning o'rniga qisqa fursatda Raulga qarshi bellashuvni qabul qilgandi.
Ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim bahsda sobiq UFC jangchilari Rinat Faxretdinov va Armen Petrosyan o'zaro to'qnash keldi. Gladiator Faxretdinov jangovar jiu-jitsu bo'yicha o'tgan bellashuvda ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchib, 90 kg vaznda ACBJJ chempioniga aylandi.
Qolgan natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, taniqli UFC o'rta vazn toifasi vakili Brendan Allen muddatidan avval yarim o'rta vaznda sobiq PFL chempioni Ramazan Kuramagomedovni mag'lubiyatga uchratdi. Yusuf Raisov va Mayrbek Taysumov ham raqiblarini taslim etishi. Zubayra Tuxugov esa UFC`dagi sobiq raqibi Elvis Brenerga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Fikrlar