22 okt 23:00
Yangiliklar
Boshqalar
O'zbekistonlik tosh ko'taruvchi Rossiyada jahon rekordini o'rnatdi
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o'tkazilgan “Oltin yo'lbars” xalqaro festivalida o'zbekistonlik Anton Starostin tosh ko'tarish bo'yicha 2 ta yo'nalishda mutlaq birinchilikni qo'lga kiritdi va jahon rekordini o'rnatdi.
Xususan, u 4 – 6 oktyabr kunlari oralig'ida o'tgan musobaqada Rossiya xalq tosh ko'tarish mashqi yo'nalishida 57,5 kglik toshni 333 marta to'xtovsiz ko'targan bo'lsa, ruscha yo'nalishda 55 kglik toshni to'xtovsiz 404 marta ko'tarib, jahon rekordini o'rnatdi.
Qayd etish lozim, Rossiya xalq tosh ko'tarish mashqi pauerliftingning yangi yo'nalishi bo'lib, unda sportchi o'z vazniga teng toshni to'xtovsiz ravishda ko'taradi. Ruscha yo'nalishda esa xalq mashqi kabi toshni to'xtovsiz bir necha marotaba ko'tarishga asoslanadi.
Havola :
Fikrlar