16 may 14:57
Yangiliklar
Tosh ko'taruvchilarimiz Osiyo chempionatida 18 ta medal qo'lga kiritishdi
Ushbu nufuzli musobaqada qitamizning yigirmaga yaqin davlatidan 300 nafarga yaqin sportchi tosh ko'tarishning "uzun sekil", "dast ko'tarish", "siltab ko'tarish" va dast ko'tarishda estafeda yo'nalishlarida bellashdilar.
Aqtoudagi Osiyo chempionatida O'zbekiston Bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish terma jamoasi sportchilari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Yakunda polvonlarimiz 10 ta oltin, 6 ta kumush, 2 ta bronza, jami 18 ta medalga ega chiqishdi.
G'olib va sovrindorlarimiz:
1. X. Saidnazarov 68 kg (oltin va kumush)
2. A. Ro'ziboev 68 kg (kumush)
3. R. Nuriddinov 78 kg (bronza)
4. M. Sunnatov 78 kg (oltin)
5. SH. Sodiqov 85 kg (oltin)
6. M. Hamdamov 85 kg (oltin va kumush)
7. B. Ataqulov 85 kg (oltin va bronza)
8. J. Xudayqulov 90 kg (oltin va bronza)
9. J. Qurbonov 95 kg (oltin va ikkita kumush)
10. I. Urazimbetov +85 kg (kumush)
11. B. Toshquvvatov +95 kg (oltin va kumush)


Fikrlar