So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

04 sen 15:19
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekistonlik triatlonchi jahon triatlon seriyasining Grand Finalida ishtirok etdi

Teglar :  Triatlon
2019 yil 29 avgust – 1 sentyabr kunlari Lozanna shahrida (SHveycariya) triatlon dunyosidagi eng muhim voqea – 2019 yilgi jahon triatlon seriyasining Grand Finali bo'lib o'tdi.

Grand Final poygalarida 4000 dan ortiq professional va havaskorlar ishtirok etdilar. Bu musobaqalarda jahon chempionlarining nomlari malum bo'ladi.

"23 yoshgacha" va "o'smirlar" toifasidagi sportchilar – jahon sport elitasining yosh avlodi o'rtasidagi musobaqalar 30-avgust, juma kuni bo'lib o'tdi.

Hamyurtimiz Aleksandr Reshetnikov sprint poygasida o'smirlar o'rtasidagi musobaqalarda qatnashdi. Jahon miqyosidagi triatletlar bilan bahsda u MDH mamlakatlari orasida Rossiya va Ukraina sportchilaridan keyin 4-o'rinni, Osiyo triatlonchilari o'rtasida 5-o'rinni (Yaponiya va Gonkong sportchilaridan keyin), dunyoning barcha o'smirlari orasida 54-o'rinni egalladi. 

Triatlon bo'yicha jahon seriyasi – bu haryillik bir necha bosqichda bo'lib o'tadigan musobaqadir. Elite toifasidagi g'oliblar jahon chempionlariga aylanadilar va musobaqaning mukofot jamg'armasi deyarli 2 million dollarni tashkil qiladi.

Jahon seriyasining bosqichlarida musobaqalar ikki turdagi masofada o'tkaziladi: Olimpiya masofasi (1500 metrga suzish, 40 km velosiped poygasi, 10 km yugurish) va sprint (750 metr suzish, 20 km velosipedda, 5 km yugurish).

Triatlon bo'yicha Jahon seriyasining Grand Finali – bu eng nufuzli bosqich bo'lib, unda g'alaba uchun sportchilar eng ko'p ochkoga ega bo'lishadi. Aynan shu erda triatlon bo'yicha jahon chempionlarining nomlari aniq bo'ladi.

Lozanna – SHveycariyaning janubi-g'arbiy qismida joylashgan shahar, Vaud kantoni poytaxti va Lozanna okrugining mamuriy markazi. Lozanna dunyoning "Olimpiya poytaxti" nomiga ega. Bu erda Xalqaro olimpiya qo'mitasi va ko'plab xalqaro sport federaciyalarining shtab-kvartiralari joylashgan.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing