So’nggi yangiliklar

15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0 12:58"Аспиналлни тезроқ октагонга қайтариш керак" - собиқ чемпион 0 12:34Жалолов билан жанг қилиши мумкинлиги айтилган Мурат Гассиев Тайсон Фьюрига қарши рингга чиқиши мумкин 0 12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0

24 noy 13:18
Yangiliklar

Tennis

"O'zbekistonning legioner tennischilari" haqida nimalar bilamiz?

Bugun O'zbekistonda tug'ilgan, ammo hozirgi vaqtda bazi bir sabablarga ko'ra boshqa davlat sharafini himoya qilayotgan tennischilar haqida so'z boradi.

Demak ularning ayrimlari bilan tanishing.

Varvara Lepchenko Petrovna 1986 yil 21 may kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Varvara - Butrus va Larisa Lepchenkoning farzandi bo'lib, uning Jane ismli singlisi ham bor. Toshkentlik tennischi etti yoshida tennis o'ynashni boshlaydi. Xalqaro faoliyatining dastlabki yillarida u O'zbekistondagi musobaqalarda qatnashadi, ammo keyinchalik federaciya bilan ziddiyat tufayli u jamoa musobaqalarida o'z chiqishlarini to'xtatadi. 2000 yildan beri u Amerika Qo'shma SHtatlarining Nyu-York shahrida doimiy yashaydi va 2007 yil 17 sentyabrdan boshlab AQSH bayrog'i ostida musobaqalarda ishtirok etadi. 2011 yilda Lepchenko rasmiy ravishda mahalliy fuqarolik va jamoa turnirlarida ushbu mamlakat terma jamoasi uchun o'ynash huquqini oldi.



Varvara faoliyati davomida 10 dan ortiq ITF musobaqalarida g'alaba qozongan. Bir marta WTA muobaqalari finaligacha etib borga. "Top-100"ning doimiy azolaridan biri hisoblanadi.Varvara Lepchenkoning reytingdagi eng yuqori poziciyasi 2012 yil 10 oktyabrga to'g'ri keladi. O'shanda qahramonimiz 19-o'ringacha ko'tarila olgan. Xozirgi egallab turgan o'rni 63 hisoblanadi. Varvaraning bu yilgi turnirlardagi so'nggi ishtiroki 16-21 oktyabr kunlari WTA tasarrufiga kiruvchi Luxembourg open turniri bo'ldi. U ilk davrada Germaniyalik Carina Uitxoftga qarshi bo'lib o'tgan murosasiz bahsda 6-7(1) 6-2 6-7(1) hisoblarida mag'lub bo'ldi va bu yilgi mavsumni yakunladi.


Marsel Ilhan (asl ismi Marsel Qahhorovich Hamdamov, 1987 yil 11 iyunda Samarqandda tug'ilgan, O'zbekiston) hozirda Turkiya sharafini himoya qiladi.
Marsel Kahhor va Madiya Hamdamovlarning yagona o'g'lidir. 6 yoshdan boshlab tennis bilan shug'ullanadi. Dastlabki yillarda Marcel Samarqanddagi sport bo'limida shug'ullana boshladi. 2006 yilning kuzida familiyasini Ilhan qilib o'zgartiradi va Turkiya bayrog'i ostida musobaqalarda ishtirok eta boshlaydi. Hozirda Turkiyaning Istambul shahrida yashaydi. Marsel Ilhan shu kunga qadar jami 4ta "CHellenjer" musobaqalarida, "Fyuchers" turkumiga kiruvchi musobaqalarda yakkalikda 18, juftlikda 2 marotaba g'alaba nashidasini surgan. Uning reytingdagi eng yuqori cho'qqisi 2015 yilning 2 martiga to'g'ri keladi. O'shanda Marsel 77-o'ringacha ko'tarila olgan, ammo shundan so'ng uni ketma-ket jarohatlar bezovta qila boshladi. Hozirgi egallab turgan o'rni 305 hisoblanadi. SHu kungacha ishtirok etgan so'nggi turniri Quvaytdagi "Fyuchers" turniri hisoblanadi. U ilk davrada Franciyalik Leni Mityanaga 6-4 1-6 1-5 hisobida mag'lub bo'lib turgan holatda jarohat olib uchrashuvni yakunlay olmagan.




Vlada Yakshibarova 1989 yilning 14 martida O'zbekistonda tug'ilgan. Professional faoliyatini 2003 yilda boshlagan va 2016 yilgacha O'zbekiston sharafini himoya qilgan. Murabbiylari otasi, Kostya Miller, Dror Divishlardir. 2016 yildan buyon Isroil sharafini himoya qiladi. Faoliyati davomida ITF turkumiga kiruvchi musobaqalarning 20 marotaba g'olibi, 8ta yakkalik va 12 marotaba juftlik yo'nalishida g'olib bo'lgan. Reytingdagi eng yuqori natijasi 2008 yilning 14 iyuliga to'g'ri keladi (352 o'rin). Hozirda 419-o'rinda bormoqda. Faoliyati davomida Turkiya, Isroil,Tailand Qozog'iston kabi davlatlarda g'alaba nashidasini surgan. Hozirda Greciyaning Iraklion shahrida sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada ishtirok etmoqda. Ertaga Vlada ushbu turnir chorak finalida Ruminiyalik Oana Gavrilaga qarshi kortga chiqadi. Sportchiga faoliyati davomida zafarlar tilab qolamiz.




Ushbu tennischilar qatoriga Gleb Saxarovni ham qisman qo'shsak bo'ladi. Bu tennischi 1988 yilning 10 iyunda Toshkent shaxrida dunyoga kelgan. Ammo o'smir davrida Franciyaga ko'chib o'tgan. Ayni paytda Franciya fuqarosi hisoblanadi. O'zbekiston uchun umuman musobaqalarda ishtirok etmagan va  Franciya sharafini himoya qiladi (xuddi bizning Denis Istomin yurtimiz sharafini himoya qilgani kabi). Gleb faoliyati davomida "Fyuchers" turkumiga kiruvchi musobaqalarda yakkalikda 10 marta, juftlikda 9 marotaba zafar quchgan. Ushbu mavsum Gleb uchun eng omadlisi hisoblanadi. Sababi u bu yil 13 noyabr kungi reytinga ko'ra o'zi uchun eng yuqori bo'lgan 155-o'rinigacha ko'tarildi.



Husniddin Mirzaliev tayyorladi


Ushbu qiziqarli maqola uchun Husniddin akaga minnatdorchilik bildirib qolamiz. SHuningdek, saytimiz muxlislari orasida o'z maqolalari, qiziqarli materiallari bilan ishtirok etish istagidagilar bo'lsa, saytimiz minbari ular uchun doimo ochiq ekanligini malum qilamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing