So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

27 okt 20:22
Yangiliklar

Boshqalar

O‘zDJTSU va Elsevier: Xalqaro ilmiy aloqalar mustahkamlanmoqda

Teglar :  Universitet
Bugungi kunda jahon miqyosida to'rtta yirik ilmiy nashriyot uyi faoliyat ko'rsatayotgan bo'lsa, shulardan biri shubhasiz Elsevier kompaniyasidir.

Bir yil davomida butun dunyo bo'yicha chop etiladigan barcha ilmiy maqolalarning chorak qismi ana shu kompaniyaga tegishli ilmiy jurnallarda nashr etilishi uning qamrovi va nufuziga yaqqol dalildir.

1880 yilda Amsterdam (Niderlandiya)da asos solingan mazkur nashriyot uyi o'nlab mintaqa va mamlakatlarda o'z filiallariga ega. Markaziy Osiyo ham bundan mustasno emas. Respublikamizdagi ko'plab davlat va nodavlat muassasalari Elsevier bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishgan. Misol tariqasida Bosh prokuratura akademiyasi va “Yuksalish” umummilliy harakati Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlik Memorandumi imzolaganini aytib o'tish mumkin. Zamon talabi bo'lgan ushbu jarayondan oliy o'quv yurtlarining ilmiy-pedagogik jamoasi ham chetda qolayotgani yo'q. 

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Elsevier kompaniyasining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy direktori Aliya Ospanova, O'zbekistondagi milliy koordinatori Dilnoza Allanazarova ishtirokida o'tkazilgan uchrashuvda yuqoridagilar haqida atroflicha so'z yuritildi. Universitetning tajribali professor-o'qituvchilari va yosh tadqiqotchilari ilmiy nashrlar sohasidagi xalqaro ekspertlar bilan ochiq muloqotga kirishdilar. Talim va ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati borasidagi aloqalarning asosiy yo'nalishlari va ularning ahamiyati xususida suhbatlashdilar.

Yaqin hamkorlikning amaliy ifodasi sifatida magistr va doktorantlar uchun A.Ospanova tomonidan “Xalqaro standartlar asosida ilmiy maqolalar tayyorlash” mavzusida master-klass o'tkazildi. Unda xalqaro standartlar asosida ilmiy maqolalar yozishning o'ziga xos jihatlari batafsil tushuntirildi, yuqori reytingli nufuzli jurnallarda chop etiladigan maqolalarni tayyorlash bo'yicha maslahat va tavsiyalar berildi.

Malumot o'rnida joriy yil oktyabr oyining boshida Elsevier kompaniyasi tomonidan Uzbekistan Research Online – O'zbekiston Respublikasining ilk raqamli recenziyalanadigan ilmiy jurnallar onlayn platformasi yaratilganini aytib o'tish joiz. Muhim jihati shundaki, bu platforma Scopus mezonlariga muvofiq ishlab chiqilgan. 

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Ilmiy ishlar va innovaciyalar bo'yicha prorektori Rashid Matkarimov va Elsevier kompaniyasining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy direktori Aliya Ospanova o'rtasidagi muzokaralarda “Fan – sportga” ilmiy-nazariy jurnalining saviyasini ko'tarish, formatini zamon talablariga moslashtirish va ushbu nashrning nufuzli reytinglarga kirishini taminlash bilan bog'liq masalalarda fikr almashildi.

Bu esa Scopus xalqaro standartlariga integraciyalashish yo'lidagi navbatdagi dadil qadamdir.

Malumot uchun: “Elzevir” (Elsevier) — fan, talim va tibbiyot sohasida innovacion echimlarni va mahsulotlarni taklif etadigan jahondagi eng yirik nashriyotlardan biri hisoblanadi.

Kompaniyaning qarorgohlari Amsterdam, London, Nyu-York shaharlarida joylashgan bo'lib, dunyoning ko'plab davlatlarida o'z ofislari bor.

Nashriyot «Reed Elsevier» media-xoldingning bir qismi bo'lib, u jahonning eng yirik kompaniyalari ro'yxatiga kiradi. Ko'plab jurnal, kitob va malumotnomalarni chop etadi. Nashriyotda “Scopus” ilmiy nashrlar va citata keltirish malumotlar bazasini olib boradi, “Science Direct” ilmiy nashrlarni tarqatish tizimini rivojlantiradi.

Universitet matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing