So’nggi yangiliklar

18:24Гринвуд А Серияга йўл оладими? 0 17:57Дональд Трамп Оқ уйда Жастин Гэтжи ва унинг оиласини қабул қилди + ФОТО 0 17:22Нодирбек Абдусатторов — FIDE блиц рейтингида жаҳоннинг иккинчи шахматчиси! 0 16:56Забит жиддий жароҳат сабаб Рауль билан жанг қилмайди, унинг ўрнини укаси эгаллайди (ФОТО) 0 16:33Модрич "Милан" билан янги шартнома имзолашга яқин 0 16:02Макс Холлоуэй жанг олдидан Конор Макгрегорга мурожаат қилди 0 15:29SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек Абдусатторов рапид турнирини Топ-3`да якунлади 0 14:57Ўзбекистон кубогининг илк куни 6 та вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:26"Барселона" "Манчестер Юнайтед"га Жюль Кундени сотиб олишни таклиф қилди 0 13:54Нурсултон Рўзибоев: "Жанг қабул қилинди. Кейинги рақиб — топ!" (ФОТО) 0 13:01Расман. Шоҳжаҳон Эргашев Жукембаев эмас, Шаҳрам Ғиёсовнинг собиқ рақиби билан жанг қиладиган бўлди + ПОСТЕР 0 12:23Аргентина жаҳон чемпионатларида янги жамоавий рекорд ўрнатди 0 11:49Иван Поповда Ўзбекистон сафига ўтиш имконияти сақланиб қолди 0 11:21Ислам Махачевга яна бир спорт туридан Россияда хизмат кўрсатган спорт устаси унвони берилди + ФОТО 0 10:55Хабиб Нурмагомедов ЖЧ-2026`нинг ҳозиргача урилган энг яхши голини айтди 0

10 jan 14:51
Yangiliklar

Futbol

O'zDJTSUda Mamatqul Xaylaev xotirasiga bag'ishlangan shaxmat musobaqasi tashkil etildi

Teglar :  Universitet
Mamlakatimizda sportning barcha turlari qatori shaxmatni izchil rivojlantirishga ham alohida etibor qaratilmoqda.

Joylarda ushbu – kishidan yuksak aql-zakovat, sabr-toqat va iroda talab qiladigan sport turi bilan shug'ullanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar yanada yaxshilanmoqda. 

Xususan, 2020/2021 o'quv yilidan boshlab O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “5610545-Sport faoliyati: shaxmat» talim yo'nalishi bo'yicha oliy malumotli kadrlar tayyorlash tizimi yo'lga qo'yildi.

Bugun O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida FIDE ustasi, «SHuhrat» medali sohibi  Xaylaev Mamatqul Jumaevich  xotirasiga bag'ishlab «SHaxmat» sport turidan musobaqa tashkil etildi.

Sportni boshqarish va kasbiy fanlar fakultetining "Sport menejmenti va iqtisodiyoti" kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan shaxmat musobaqasi ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otdi. Musobaqani universitetning Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori SH. Mirzanov ochib berdi. 

SHveycarcha tizimda o'tgan va 5 turdan iborat musobaqada 50 nafarga yaqin professor-o'qituvchilar va yosh iqtidor egalari g'oliblik uchun dona surishdi.  

Musobaqa yakunida 5 ta imkoniyatdan 5 ochko jamg'argan Masud Musaev g'oliblikni qo'lga kiritdi. II o'rin Xusan Musulmanovga, III o'rin Baxrom Xoliqovga nasib qildi. 

Tadbir so'ngida universitetning O'quv ishlar bo'yicha prorektori I.Ahmedov musobaqa g'oliblarini tantanali ravishda taqdirladi.

O'zDJTSU matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing