So’nggi yangiliklar

19:06Бу оддий турнир эмас, бу Жаҳон чемпионати! 0 18:40"Кутяпмиз. Ҳозир кучли бешликдаман. Кейинги жанглар чемпионлик учун бўлиши ҳам мумкин" - Исроил Мадримов 0 18:17"Катта жанг устида ишлаяпмиз" - Иноуэ промоутери навбатдаги жангга ишора қилди 0 17:45Эрон терма жамоасига Мисрга қарши ўйиндан 2 кун олдин АҚШга киришга рухсат берилди 0 17:17Шоҳжаҳон Эргашевнинг кейинги рақиби собиқ жаҳон чемпиони бўлиши мумкин 0 16:41"Конорга қарши жанг қилишим керак эди, аммо у осон йўлни танлади" - Оливейра 0 16:07Андижонда ўтказиладиган Mangu 4 турнирининг марказий жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 15:40Криштиану Роналду: "Кимки меҳнат қилса, Худо унга ёрдам беришига ишонаман" 0 15:07Яна икки россиялик атлет Ўзбекистон шарафини ҳимоя қилади 0 14:42Нурсултон Рўзибоев 2026 йилда яна нечта жанг ўтказмоқчи эканини айтди 0 14:16Ҳибсга олинган Дастин Порье ёрдам сўради 0 13:42Фабио Каннаваро: "Футболчилар эмас, мен хато қилдим" (тўлиқ матбуот анжумани) 0 13:21Блахович UFC’нинг янги рейтинги ҳақида: "Икки кун олдин Гусков энг кучли рақиб билан жанг қилган эди" 0 12:58Саблячи қизларимиз Осиё чемпионатининг жамоавий дастури совриндори! 0 12:24Дзюдочиларимиз Циндао Гран-присида иштирок этишади 0

03 mar 16:10
Yangiliklar

Boshqalar

O'ZDJTSUda talabalar ishtirokida ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Teglar :  Universitet
Kecha, 2 mart kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili”ga bag'ishlangan ilmiy –amaliy anjuman bo'lib o'tdi.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining madaniyat saroyida o'tkazilgan mazkur anjumanda Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasining talabalari va magistrlari ishtirok etishdi.

Anjumanda ishtirok etgan kafedra mudiri, O'zbekistonda xizmat ko'rsatagan murabbiy, docent SHuhrat Arslonov,  professor Nurjan Tastanov,  sambo bo'yicha sport ustasi, docent Erlan Boyto'raev. pedagogika fanlari bo'yicha falsafa  fanlari doktori (PhD), docentlar  SHuxrat Tursunov, Sarvar Odilov, Jasur Tashnazarov, SHukurjon G'oziev hamda katta o'qituvchilar va o'qituvchilar anjuman qatnashchilariga talabalarning o'zlari tanlagan sport turlarining ilmiy jihatlari xususida maruzalar qilishdi. SHuningdek,  2022 yil – “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili”da  kafedra tomonidan talabalar ishtirokida alohida dastur – rejaga muvofiq  bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar tahlil qilindi. 


Bundan tashqari anjumanda kafedra talabalarining tanlagan sport turlari bo'yicha ilmiy mavzularining dolzarbligi, ushbu mavzularini to'liq tahlil qilib, yoritib berganligi va ilmiy asoslangani uchun yuqori baholarga loyiq ko'rilgan  sambo yo'nalishining 01-20 guruh talabasi Dinara SHakirova birinchi o'rinni egalladi. Erkin kurash yo'nalishining 01-20 guruh talabasi Mutabar Boymurodova ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, sambo yo'nalishining 51-21 guruhida tahsil olayotgan Madina Aminjanova uchinchi o'ringa loyiq ko'rildi. SHuningdek, yana sakkiz nafar  talabalar  turli yo'nalishlarda ilmiy jihatdan  faol bo'lgani uchun rag'batlantirildi. Anjumanda ishtirok etgan talabalar madaniyat saroyidagi tashkil etilgan muzeyda ham bo'lishib, sport turlari tarixi, nomdor sportchilarning xalqaro sport maydonlaridagi ulkan muvaffaqiyatlari aks etgan eksponatlar bilan ham batafsil tanishishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi            

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing