So’nggi yangiliklar

18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0

05 avg 15:15
Yangiliklar

Taekvondo, Parij-2024

O'zining debyut Olimpiadasida ishtirok etadigan, medal kutishga arziydigan Jasurbek Jaysunovga Parijda qaysi taekvondochilar raqiblik qiladi? (Barcha tafsilotlar)

Xabar berganimizdek, 7 avgust kuni Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiadasida taekvondo bellashuvlariga start beriladi.

Unda O'zbekiston sharafini tarixda ilk bor 5 nafar taekvondochi himoya qiladi. SHu kungacha 4 nafardan ziyod sportchimiz musobaqada ishtirok etmagan edi.

Olamsport.com musobaqada ishtirok etadigan sportchilarimizga Olimpiada davomida kimlar raqiblik qilishi mumkinligi haqida malumot beradi.

Avvalgi sonimizda Olimpiadaning amaldagi g'olibi Ulug'bek Rashitov haqida malumot bergan edik. Navbat Jasurbek Jaysunovga. 




Yarim o'rta vazn toifasida jang qiluvchi 22 yoshli taekvondochimiz faoliyatidagi debyut Olimpiada uchun yo'llanmani Osiyo licenzion turnirida qo'lga kiritgan edi.

Jaysunovning Parij Olimpiadasidagi ishtiroki 9 avgust kuni bo'lib o'tadi.



Mazkur vazn toifasida Tokio Olimpiadasi g'olibiga aylangan neytral sportchi Maksim Xramkov turnirda ishtirok etmaydi. Kumush medal egasi, iordaniyalik Saleh Elsharabati va bronza sohibi, Misr vakili Seyf Eyssa esa Parijdagi Olimpiadada favoritlardan hisoblanadi. Ikkinchi bronza medali egasi, xorvatiyalik Toni Kanaet ham bu galgi musobaqani o'tkazib yuboradi.

Jasurbek Jaysunov 22 yoshda bo'lishiga qaramasdan, "Katta dubulg'a" turniri vice-chempioni, gran-pri musobaqasi sovrindori, xarbiylar o'rtasida Jahon chempioni, Osiyo chempionatining uch karra g'olibi va bronza medali sohibi hisoblanadi. U o'zi ishtirok etgan so'nggi musobaqalarning qariyb barchasida g'olib yoki sovrindor bo'lmoqda. Tokioda uning vazn toifasida O'zbekiston sharafini tajribali Nikita Rafalovich himoya qilib, o'tish bosqichiga qadar etib borgan edi.



Jasurbek Jaysunovga Parij Olimpiadasida raqiblik qilishi mumkin bo'lgan taekvondochilar:

Leon Seyranovich (Avstraliya)

Enrike Fernandes Rodriges (Braziliya)

Faysal Savadogo (Burkina Faso)

Xoakin Martines CHarchill (CHili)

Edi Xrnich (Daniya)

Seif Eissa (Misr)

Mehran Barxordari (Eron)

Alessio Simeone (Italiya)

Saleh Elsharabati (Iordaniya)

Batirxan Toleugali (Qozog'iston)

Ismael Kulibali (Mali)

Farzad Mansuri (Qochoqlar)

Seo Genvu (Koreya Respublikasi)

Stefan Takov (Serbiya)

Firas Katusi (Tunis)

Sijey Nikolas (AQSH).



22 yoshli taekvondochimiz Jasurbek Jaysunov ko'p ham etibor qaratilmayotgan, aslida esa natija qilib bera oladigan darajada salohiyatli sportchimizdir. Demak, Parij Olimpiadasida taekvondochilarimiz orasida nafaqat Ulug'bek Rashitov, balki Jasurbek Jaysunovdan ham yuqori natija kutib qolamiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing