So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

04 fev 08:27
Yangiliklar

Boshqalar

O'zMADA federaciya va associaciyalarimizni xushyorlikka chaqiradi

Tokio Olimpiadasiga ham oz vaqt qolmoqda.

Bu fursat ichida sportchilarimizni jismoniy va funkcional tomondan Olimpiya o'yinlariga tayyorlash barobarida ularni doping qoidalarining buzilish holatidan saqlash ham talab etiladi. Mazkur yo'nalish bo'yicha MOQda barcha sport federaciya va associaciyalari uchun yirik seminar tashkil qilindi. Unda MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, O'zbekiston Milliy anti-doping agentligi (O'zMADA) direktori Nodir Tursunov, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori Abdushukur Sadikov, shuningdek, federaciya va associaciyalar mutasaddilari, terma jamoalarimizning shifokor va murabbiylari ham qatnashishdi.

Seminar davomida O'zMADA hamda RSTIAMning tajribali mutaxassislari sportchilar istemol qiladigan qo'shimcha biologik ozuqalar, sportchilarning shaxsiy malumotlari nazorat qilinadigan ADAMS tizimiga ahamiyat qaratish kabi masalalar bo'yicha taqdimotlar o'tkazildi. Mutaxassislar o'rganishlar bo'yicha WADA va hech bir mamlakatdagi anti-doping agentligi bunday qo'shimcha biologik ozuqalardan foydalanishni tavsiya etmasligi haqida alohida takidlab o'tdilar. O'z navbatida SHerzod Tashmatov mazkur seminar qanchalik ahamiyat kasb etishi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Barchamiz shu paytgacha qo'shimcha biologik ozuqalardan foydalanish tavsiya etilmasligini bilar edik va bugun bunga yana bir karra amin bo'ldik. Ularning tarkibi dopingdan holi ekanligiga hech kim kafolat bera olmaydi. SHu bois federaciya va associaciyalarimizdan MOQga bunday vositalarni sotib olish uchun ovora bo'lib buyurtma jo'natmasliklarini so'rab qolamiz. Agar bunga Qo'mitamiz rasmiy rozilik bergudek bo'lsa, nafaqat sportchi, balki o'sha sport turida mamlakat jamoasi ham musobaqalardan chetlashtirilishi mumkin”, – dedi SHerzod Tashmatov.

 

Seminar davomida Nodir Tursunov 2020 yil davomida qaysi terma jamoalarimizda doping qoidalari buzilgani haqida ham malumot berib o'tdi. SHuningdek, dzyudo bo'yicha terma jamoamizning asosiy sportchilaridan birida ADAMS tizimidagi qoidabuzarlik sodir etilgani, agar bu hol yana 2 bor takrorlangudek bo'lsa, o'sha dzyudochi Tokio Olimpiadasi va yana bir necha yil musobaqalardan chetlatilishi mumkinligi takidlandi. O'z navbatida, bu hol boshqa jamoalarimizga ham ogohlik qo'ng'irog'i bo'lishi lozimligi alohida aytib o'tildi.

SHuningdek, murabbiy va shifokorlarimiz mutaxassislarga taqdimotlar bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing