02 apr 08:24
Yangiliklar
Dzyudo, Paralimpiya
Para dzyudo. Antaliya Gran-Prisini 2 ta oltin medal bilan boshladik!
Kecha Turkiyaning Antaliya shahrida para dzyudo bo'yicha xalqaro Gran-Pri turniri start oldi.
Musobaqaning dastlabki kuni vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli keldi. Erkaklar o'rtasida J2 klassida -60 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan SHerzod Namozov hamda -73 kg vaznda Uchqun Quronboev barcha raqiblarini mag'lub etgan holda oltin medalga sazovor bo'lishdi.
Vakillarimizning ushbu g'alabalaridan so'ng arenada ikki bor Vatanimiz Madhiyasi yangradi. Bugun Antaliya Gran-Prisining ikkinchi kungi bellashuvlari bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar