So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

30 avg 10:38
Yangiliklar

Dzyudo, Tokio-2020

Para dzyudo bo'yicha umumjamoa hisobida 2-o'rinni egalladik

Teglar :  Para dzyudo
Xabaringiz bor, kecha Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarida para dzyudo dasturi o'z nihoyasiga etdi.

Etiborlisi, para dzyudochilarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 2-o'rinni egallashdi. 

SHu o'rinda aytish lozimki, para dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlariga jami 12 nafar sportchi bilan yo'l olgan edi. SHulardan 7 nafari erkaklar, 5 nafari ayollar. Afsuski, Tokio shahriga etib borgach, 3 nafar para dzyudochimiz – Lobar Xurramova, Sevinch Salaeva hamda Vasila Aliboevada koronavirus infenkciyasi aniqlandi va shu sababli ular musobaqada ishtirok eta olishmadi. Yana bir sportchimiz SHuhrat Boboev esa bronza medali uchun bellashuvni davom ettirayotgan edi, biroq kutilmagan jarohat tufayli u ham kurashdan chiqdi. O'ta og'ir vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan SHirin SHaripov esa hakamlar tomonidan raqibiga nisbatan qoidaga zid usulni qo'llagani uchun diskvalifikaciya qilindi. Vaholangki, unda ham medal olish imkoniyati yuqori edi.  

SHunga qaramasdan, tatamida haqiqiy iroda namoyish eta olgan O'zbekiston para dzyudochilari umumjamoa hisobida Buyuk Britaniya, Eron va Braziliya kabi terma jamoalarni ortda qoldirishga erishdi.

Erkaklar

-66 kg Uchqun Quronboev – oltin

-73 kg Feruz Sayidov – oltin 

-81 kg Dovurxon Karomatov – kumush 

-100 kg SHarif Halilov – bronza 


Ayollar

-57 kg Parvina Samandarova – kumush 

-63 kg Nafisa SHeripboeva - bronza 

Reyting: +1   

Fikrlar

   
30 avg 13:12:53
Inomjon Boltayev
Админлар сузишда Фотимахон Амилова катнашмайпти
   
30 avg 11:38:58
Bulent
Jamoaviy uyin bulmiydimi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing