12 dek 08:45
Yangiliklar
Dzyudo
Para dzyudo. Yaponiya poytaxtida 11 ta medal qo'lga kiritildi
Yaponiya poytaxtida para dzyudo bo'yicha Tokio Ochiq chempionati bo'lib o'tdi.
O'nga yaqin davlat sportchilari ishtirok etgan ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari ham munosib qatnashishdi.
Vakillarimiz 3 ta oltin, 6 ta kumush, 2 ta bronza, jami 11 ta medalga sazovor bo'lishdi. Umumjamoa hisobida esa terma jamoamiz mezbon Yaponiyadan so'ng 2-o'rinni egallashdi. Kuchli uchlikni Qozog'iston terma jamoasi yakunlab berdi.
Endi para dzyudochilarimiz uch kun davomida Tokio shahrida tashkil etiladigan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishitrok etishadi.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar