05 dek 21:21
Yangiliklar
Dzyudo
Para dzyudochilarimiz Tokio Gran-Prisida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi!
Bugun Yaponiya poytaxti Tokioda para dzyudo bo'yicha Gran-Pri turkumidagi musobaqaning so'nggi, ikkinchi kungi bellashuvlari o'tkazildi.
Ahamiyatlisi, nufuzli musobaqaning so'nggi kunida ham 4 nafar sportchimiz sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritdi:
Erkaklar:
Dovurxon Karomatov 90 kg (J2) – kumush
Aloviddin Jo'raqulov + 90 kg (J2) – bronza
Ayollar:
Munisa Madrimova – 70 kg (J2) - oltin
Feruza Ergasheva + 70 kg (J1) – bronza
SHu tariqa, terma jamoamiz dunyoning 40 ga yaqin davlatidan tashrif buyurgan sara para dzyudochilar ishtirok etgan Gran-Prida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza, jami 8 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar