09 iyu 12:01
Yangiliklar
Boshqalar

Para pauerlifting. O'zbekiston delegaciyasi Jahon CHempionatida ishtirok etish uchun Kozog'istonga yo'l oldi
12-20 iyul kunlari Kozog'istonning Nursultan shahrida pauerlifting bo'yicha Jaxon CHempionati bo'lib o'tadi.
Mazkur musobaqada 79ta davlatdan 450ga yaqin eng kuchli paralimpiya sportchilarining ishtiroki ko'zda tutilmoqda.
Ushbu bellashuvlarda besh nafar o'zbekistonlik sportchi o'z omadini sinab ko'radi.
Roza Qo'zieva (55 kg),
Turg'unov Aziz (59 kg),
Matyakubov Sultonboy (65 kg),
Farxod Umirzoqov (88 kg),
Davlatov Nuriddin (107 kg)
yurtimiz sharafini himoya qiladilar. Ular bilan birga pauerlifting bo'yicha O'zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fazliddin Umirzoqov musobaqaga yo'l oldi.
Biz ushbu chempionatda ishtirok etadigan paralimpiya sportchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar