21 noy 18:43
Yangiliklar
Paralimpiya
Para pauerlifting: Bekzod Jamilov Riyod-2025 o'yinlarida bronza medalini qo'lga kiritdi! Bu Islom birdamligi o'yinlaridagi so'nggi medalimiz bo'ldi
Ar-Riyod shahri (Saudiya Arabistoni) mezblonligidagi VI Islom birdamligi o'yinlari doirasida para pauerlifting bellashuvlari ham nihoyasiga etdi.
Terma jamoamiz azosi Bekzod Jamilov erkakar o'rtasidagi og'ir vazn toifalari divizionida ishtirok etdi. Ahamiyatlisi, dasturda 144.683 ochko jamg'argan Jamilov musobaqaning bronza medaliga ega chiqdi.
Islom birdamligi o'yinlari
Para pauerlifting
Erkaklar o'rtasida og'ir vazn toifalari
1. Ruhallah Rustami (Eron) - 151.297 ochko
2. Rasul Mohsin (Iroq) - 150.303 ochko
3. Bekzod Jamilov (O'zbekiston) - 144.683 ochko.

Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar