26 okt 17:24
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport, Paralimpiya			    
				 
				
			 
				Para velosportning shosse yo'nalishida O'zbekiston chempionati o'tkazildi
CHirchiq shahrida para velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha yoshlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.
			Mamlakatimizning 100 nafardan ortiq eng sara para velosportchilari 10 km. masofada o'tkazilgan poygalarda o'z kuchini yana bir bor sinovdan o'tkazishdi.
Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi vakillari, Toshkent viloyati Sport boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdi. G'olib va sovrindorlarga maxsus diplomlar topshirildi.




            Havola            :         
                    Manba                : minsport.uz
             
			
Fikrlar